Vatanimiz tarixidagi 9 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1865 yil (bundan 160 yil oldin) – Qo‘qon xonligining amirlashkari Alimqul qo‘mondonligidagi qo‘qonlik askarlar va Toshkent shahri himoyachilari Sho‘rtepada general Chernyayev boshliq rus qo‘shinlariga qarshi hujumga o‘tdi. Nihoyatda qattiq jang bo‘lib, Alimqul og‘ir yaralandi va o‘sha kuni vafot etdi. U bu vaqtda taxminan 33–34 yoshda edi. 10 mayda Alimqul Toshkentdagi Shayxontohur qabristoniga dafn etildi.

Toshkent mudofaasining tashkilotchisi, dovyurak lashkarboshi Alimqul vafotidan so‘ng Toshkentni ruslardan himoya qilish uchun kurashga kirgan himoyachilar o‘rtasida parokandalik va vahima boshlandi. Qo‘qon xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib, o‘z yurtlariga jo‘nab ketdilar. Shu tariqa, Toshkentda Qo‘qon xonligining qariyb 60 yillik hukmronligi barham topdi.

1882 yil (bundan 143 yil oldin) – Boqiy taxallusi bilan ijod qilgan o‘zbek adabiyotshunosi, manbashunos, shoir Mirzaabdulla Nasriddinov tavallud topdi (vafoti 1967 yil). U sharq mumtoz adabiyotini chuqur bilgan, xalq orasida navoiyxon, bedilxon degan nom olgan. Navoiy asarlarini eski o‘zbek yozuvidan yangi yozuvga o‘tkazishda ko‘maklashgan.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Buxoro Respublikasi Iqtisodiy kengashi qaytadan tuzildi. U boshqaruv, ishlab chiqarish, savdo, oziq-ovqat, paxtachilik, transport, harbiy, moliyaviy bo‘limlardan iborat bo‘lgan.

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – aktyor va rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti San’at Devonov (vafoti 2016 yil) tavallud topdi. U teatrda 150 dan ortiq rol ijro etgan. Kinoda “Maftuningman” filmidagi Sharif roli bilan mashhur. San’at Devonov 2001 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – 9 mayga o‘tar kechasi tungi soat 2:15 da radio orqali Yuriy Levitan ko‘tarinki ruh bilan Berlinda fashistlar Germaniyasining so‘zsiz taslim bo‘lgani haqidagi hujjatga imzo chekilgani to‘g‘risidagi xabarni butun dunyoga ma’lum qildi.

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Behzod Yo‘ldoshev tavallud topdi (vafoti 2024 yil). U 2000–2005 hamda 2017–2024-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 20 dan ortiq ixtirolar muallifi.  

U Xalqaro atom energiyasi agentligida fan bo‘yicha maslahatchi, AQSHning Vashington va Stenford universitetlari, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti professori lavozimlarida ishlagan. Bir qator rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda xalqaro tadqiqotchilar guruhlari tomonidan bajarilgan yirik eksperimentlar hamda yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadro qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.

Akademik Behzod Yo‘ldoshevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari, Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni bilan mukofotlangan.  

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasida birinchi bor 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimiz farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo etilgan “Xotira va qadrlash maydoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maydonda “Motamsaro ona” haykali hamda xiyobonning shimoliy va janubiy tomonida qad ko‘targan ayvonlar tokchalarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik barcha jangchilarning ism-sharifi bitilgan metall tokchalar o‘rnatildi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xorazm viloyatining Bog‘ot, Jizzax viloyatining Zafarobod, Mirzacho‘l, Do‘stlik tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida, Guliston shahrida Xotira xiyobonlari barpo etildi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – Toshkent shahrida barpo etilgan G‘alaba bog‘i ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. Davlatimiz rahbari bog‘dagi “Shon-sharaf” muzeyi ekspozitsiyasi, “Ko‘z yoshi” majmuasi bilan tanishdi, G‘alaba bog‘ining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi. G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira: akademik Behzod Yo‘ldoshev tavalludiga 80 yil to‘ldi