Jurnalistik surishtiruv

Bu holatni faqat Farg‘onada emas, mamlakat bo‘ylab kuzatasiz. Ilgarilari bosma nashr – gazeta va jurnallar sotiladigan kiosk- do‘konlar deyarli qolmagan. Borlarida esa gazeta emas, kundalik ehtiyoj mollari sotilmoqda. Boz ustiga gazeta jurnallar adadi keskin kamayib ketgan. Nega?

– Gazeta va jurnallar obunachilarning qo‘liga  vaqtida yetib kelmayapti. Shuning uchun obunachilar soni kamayib bormoqda, – deydi mehnat faxriysi G‘ulomjon Madumarov.

– Gazetalar soni ko‘paygani bilan joylarga yetib bormayapti. Bizning idora “Milliy tiklanish” gazetasiga obuna bo‘lganmiz. Uni o‘qib boramiz. Ammo xonadonim uchun bir nechta gazetalarga obuna bo‘lganman. Ular kelmayapti. Yil boshida bir nechta soni keldi. Keyin taqataq to‘xtadi. Odamlar obuna bo‘lmayotganining sababi shunda bo‘lsa kerak. Chunki u xalq ishonchidan qoldi, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Shavkatjon To‘ychiyev. 

Qanchalar achchiq bo‘lmasin, G‘ulomjon va Shavkat akalarning gaplarida jon bor. Obunachilar tobora kamayib bormoqda. Buning ustiga obuna tashkil etuvchilar ba’zi hollarda nashrlarni umuman yetkazib bermayaptilar yoki juda kech yetkazadilar.

Biz muammoni Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ faoliyati misolida o‘rganmoqchi bo‘ldik.

– Farg‘ona viloyat “Matbuot tarqatuvchi” MCHJda jami qancha odam ishlaydi? – so‘radik biz jamiyat rahbari Hatima G‘ofurovadan.

– Viloyat bo‘yicha 30 ta xodimimiz bor. Bundan tashqari, 25 ta tarqatuvchilar bor,– dedi u.

– Ularga biriktirilgan nechta transport vositasi bor?

– 9 ta. 30 dan ortiq turdagi gazeta–jurnallarga obuna qilganmiz. U 10 ming nusxadan oshadi. 

Xo‘sh, Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ orqali gazeta-jurnallarga obuna bo‘lganlar nima deydi? Biz bir necha tumanlarda o‘nlab obunachi tashkilotlarda bo‘ldik. Nashrlar yetkazib berilishi, obuna uchun to‘lovlar ahvoli bilan tanishdik. Qo‘limizda 60-70 sahifa xujjatlar nusxalari bor. Aytish lozimki, biz bilan suhbatda bo‘lgan obunachilarning aksariyati “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ xizmatidan norozi. Gazeta- jurnallar kech, juda kech keltiriladi, ba’zi joylarga esa umuman berilmaydi,hatto shartnomadagi to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsada. Masalan, Uchko‘prikdagi 2-sonli politexnikumni olaylik.

– 16 turdagi nashrga 5 nusxadan obuna qilingan, – deydi axborot-resurs markazi rahbari Nodira Toshboltayeva.

– Bu yerda “Tarbiyachi”, “Sharq yulduzi”, “Ma’naviy hayot” va “Tafakkur” jurnallariga obuna bo‘lingani ko‘satilgan, lekin bu jurnallar ko‘rinmayapti. Nega?

– Siz aytgan jurnallarga darhaqiqat obuna bo‘lganmiz. Ammo ular mana may oyi keldi, ta’lim muassasasiga yetkazib berilmadi. 

– 2025 yil uchun 16 turdagi gazeta- jurnallarga obuna bo‘lganmiz, – deydi texnikum direktori o‘rinbosari Hamidaxon Mirzayeva. –Obuna uyushtirgan “Matbuot tarqatuvchi” MCHJga obuna uchun 1,3 million so‘m ortig‘i bilan to‘liq o‘tkazib berganmiz.

Bag‘dod sport maktabida ahvol bundan ham yomon.

– “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ orqali obuna bo‘lganmiz. “Yangi Farg‘ona” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalarini olib kelishadi, – deydi ish yurituvchi Naziraxon Boyto‘rayeva.

– Shartnomaga ko‘ra, 9 xil gazeta- jurnalga obuna bo‘lingan ekan. Ularni olasizlarmi, keltirib berishadimi?

– Menga olib kelib berishadigani shu, qolganini bilmayman. 

– Har bir gazetadan nechta nusxadan olib kelishayotganini bilasizmi?– so‘radik biz. Naziraxon Boyto‘rayeva hech o‘ylanmay shunday dedi:

– Yo‘q, bilmayman.

Balki Bag‘dod sport maktabi obuna haqini to‘lamagandir, deb o‘ylarsiz?

– 2025 yil “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ bilan shartnoma tuzib 12 ta gazeta va jurnalga obuna bo‘lganmiz. Puli to‘liq o‘tkazilgan, – deydi sport maktabi direktori Doniyor Usmonov.

– Shartnomada “Farg‘ona haqiqati” gazetasi va “Jahon adabiyoti” jurnaliga obuna bo‘lingani ko‘rsatilgan. Pulini ham to‘liq o‘tkazibsizlar. Lekin bu gazeta va jurnal sizlarga yetkazib berilyaptimi?

– “Farg‘ona haqiqati” gazetasi va “Jahon adabiyoti” jurnali haligacha kelmadi. May oyigacha olmadik, – deydi Doniyor Usmonov hayratini yashira olmay.

Oltiariq sanoat va texnologiyalar texnikumidagi ahvol ham tashvishli. Ular “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ bilan bir emas, ikki marta obuna haqida shartnoma tuzganlar. Unga ko‘ra markaziy va mahalliy gazeta-jurnallar yetkazib berilishi lozim edi.

– 7 ta nomdagi gazetani bizga “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ xodimi olib keladi, – deydi kutubxonachi Dilfuzaxon Mamadaliyeva.

– Bizga oxirgi marta keltirilgan gazetalar mana shular. Bularni haftada bir olib kelishadi, – deya taxlamlarni ko‘rsatdi texnikum direktori Ulug‘bek Jomiyev.

Biz taxlamdagi so‘nggi keltirilgan gazetalar sanasi bilan qiziqdik. Aprel oyining 16-23 kunlari chop etilgan gazetalar may oyining 6 kunidan keyin keltirilgan ekan. Shu yerda shartnomadagi ro‘yxat va taxlamlarni taqqosladik. “Vodiy yoshlar olami” va “Jahon adabiyoti” jurnallari ro‘yxatda boru taxlamda yo‘q edi.

– Bularni ichida “Jahon adabiyoti” jurnali ko‘rinmayapti-ku,– deb texnikum direktorii savolga tutdik.

– “Jahon adabiyoti” jurnalini shu kungacha olmadik. “Sharq yulduzi”ning esa bitta soni keldi, xolos, may oyigacha. “Jahon adabiyoti” jurnalini esa negadir olib kelishmadi. – Ulug‘bek Jomiyev ham bu holatdan hayron bo‘lib qoldi.

– “Jahon adabiyoti” jurnali nega keltirilmadi deb “Matbuot tarqatuvchi” MCHJdan so‘ramadingizmi?

– “Matbuot tarqatuvchi” MCHJga murojaat qildim. 5 oy bo‘ldi mana, kelmayapti-ku, deb so‘radik. Ular esa jurnal redaksiyadan kelgani yo‘q bizga, deb javob berishdi. 

Aslida yana Quva, Qo‘shtepa tumanlari, Marg‘ilon, Quvasoy, Farg‘ona shaharlarida ham vaziyatni o‘rgangan edik va barcha yerda ahvol bir xil. Obuna uchun shartnoma tuzilgan, obuna haqi to‘langan, lekin ayrim gazeta va jurnallar, masalan, “Jahon adabiyoti” jurnali, “Farg‘ona haqiqati” gazetasi yetkazib berilmagan. Buning sababini har ikki nashr bosh muharrirlaridan bildik.

–Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ bilan yuzaga kelgan noxush vaziyat xususida, –deya so‘zini boshladi “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev.

Ushbu tashkilot 2023 yil uchun “Jahon adabiyoti” jurnaliga    obuna uyushtirib, obunachilardan yig‘ilgan mablag‘ni tahririyatga to‘la o‘tkazib bermadi. Obuna pulining 19.133.800 so‘mi 2024 yil davomida ham tahririyat hisobiga kelib tushmadi.

2024 yili ushbu tashkilot yanvar-mart oylari uchun 412 ta, aprel-iyun oylari uchun 300 ta obuna tashkil etgan, ammo obuna pulining 74.760 000 so‘mi bizga yetib kelmadi. Jami qarzdorlik 93. 893.000 so‘mni tashkil etdi. Bizning ko‘plab og‘zaki va yozma murojatlarimizga MCHJ rahbariyati javob qaytarmadi. Qandaydir sirli, tushunarsiz vaziyat yuzaga keldi. Shu bois viloyat maktablari uchun jurnal chop etishni 2024 yil iyul oyidan to‘xtatishga majbur bo‘ldik va bu xususda viloyatning tegishli tashkilotlariga hamda MCHJ rahbariyatiga ma’lum qildik.Tahririyatga Farg‘ona viloyati tashkilotlaridan “Biz 2024 yil uchun bir yillik obunaga pul o‘tkazganmiz, ammo jurnalning iyul-dekabr sonlari kelmadi”, degan e’tirozlar bo‘ldi. Agar shunday bo‘lsa (buni aniqlash qiyin emas), ikkinchi yarim yillik uchun undirilgan mablag‘ qayoqqa ketdi? 

Ahvol murakkablashganidan keyin jurnal nomidan 2025 yil 14 fevral kuni Farg‘ona shahar tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdik. Jurnal hisobiga 60.000.000 so‘m pul kelib tushdi. Qolgan 19.733.800 so‘mdan hanuz darak yo‘q.  Bunday ishlash mumkin emasligini tushungach,  biz 2025 yilda ushbu jamiyat bilan mutlaqo shartnoma tuzmaslikka qaror qildik. 2025 yilning 1 mayi hisobiga bu ishonchsiz tashkilot bilan bir nusxaga ham shartnoma tuzmaganmiz va tuzmaymiz ham. Jurnalning yanvar - mart oylari soni bosmadan chiqdi, aprel oyi yaqinda jurnalxonlar qo‘liga borib yetadi. Bizga kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda, Farg‘ona “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ 2025 yil uchun jurnalimizga obuna uyushtirib, obuna bahosini keskin oshirib, tashkilotlardan pul tushirayotgan ekan. Sodda obunachilarga MCHJ jurnalning dastlabki to‘rtta sonini qayerdan olib beradi?

Bu savolga tegishli tashkilotlar  qiziqib qoladilar, degan umiddamiz. Shu bilan birga, viloyat madaniy-ma’rifiy tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari rahbarlarini obuna masalasida ushbu MJCH bilan emas, boshqa insofli, diyonatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz.

– “Farg‘ona haqiqati” gazetasi tahririyati “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ bilan 2025 yilga obuna tashkil qilish haqida o‘zaro shartnoma tuzmagan, – deydi “Farg‘ona haqiqati” gazetasi bosh muharriri Rustamjon Oripov.–Shu sababli “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ 2025 yilning 1 yanvaridan joriy kuniga qadar “Farg‘ona haqiqati” gazetasidan bironta ham olmagan.

Ana xolos! “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ “Jahon adabiyoti” jurnali hamda “Farg‘ona haqiqati” gazetasi tahririyati bilan obuna tashkil etish haqida shartnoma tuzmagan, shuning uchun har ikki tahririyat “Matbuot tarqatuvchi”ga o‘z nashrini bermasada, “Matbuot tarqatuvchi”obunachilarni aldab, yana qanday so‘z ishlatish mumkin, obunachilarni aldab ularga shu gazeta va jurnalni yetkazib beraman, deb ular bilan shartnoma tuzib, hatto pulini ham olaversa. Bilmadim, buni qanday sharhlash mumkin? Bu savolni Farg‘ona viloyati “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ rahbari Hatima G‘ofurovaga berdik.

– Obunachilar gazeta–jurnallarga obuna bo‘lib, pulini ham to‘liq to‘lasalarda gazeta–jurnal olmayotganliklarini aytishmoqda. Bunga nima deysiz?

Hatima G‘ofurova xech ikkilanmay shunday dedi:

– Shartnoma qilingan. Ammo pulini to‘lamagani uchun yetkazib bermayapmiz. 

– “Farg‘ona haqiqati” gazetasiga 2025 yil uchun obuna tashkil etish haqida shartnoma tuzganmisiz?– so‘radik yana hamsuhbatimizdan.

– Yo‘q tuzmaganman.

– “Jahon adabiyoti” jurnali obunasi haqida-chi? Unga obuna qilganmisiz?

– 2025 yil uchun obuna tashkil qilmaganmiz. 

Vo ajab. Mana, qo‘limizda “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ “Jahon adadbiyoti”, “Tafakkur”, “Tarbiyachi”, “Sharq yulduzi”, “Ma’naviy hayot” jurnallari va “Farg‘ona haqiqati” gazetasini yetkazib berish haqidagi obuna puli to‘langan o‘nlab shartnomalar turibdi. G‘ofurovaga qanday ishonaylik?

Yuqorida “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ rahbari 30 ta xodim, 25 ta tarqatuvchimiz, balansimizda 9 ta avtomashinamiz bor, dedi. Ismini aytishimizni istamagan, aynan shu idoraning mas’ullaridan biri bu raqam juda bo‘rttirib aytilgan, bunday raqamlar aslida yo‘q, dedi.

Agarda hatto Farg‘ona viloyatida “Matbuot tarqatuvchi” MCHJda 25 ta gazeta-jurnal tarqatuvchisi bo‘lsada, ular 19 ta shahar- tumandagi obunachiga G‘ofurova aytganidek, 30 nomdagi 10 ming nusxadagi gazeta- jurnalni qanday tarqata oladi? Bunga qanday qilib jismonan ulguradi? Qolaversa, ayrim nashrlar haftada 5 marta, ba’zilari 3 marta chop etilsa? Puli bo‘lsa, changalda sho‘rva, demoqchi bo‘lyapsiz. Hissob raqamida mablag‘i ham yo‘q-da!

– Ommaviy axborot vositalaridan tashkil qilingan obunalardan “Matbuot tarqatuvchi” MCHJning qarzdorligi qancha?– so‘radik jamiyat rahbaridan.

– Tahririyatlardan 3 milliard so‘mdan ortiq qarzimiz bor.

Masalaning yana bir nozik tomoni bor. Bu haqida men ekspert Shavkat To‘ychiyevdan so‘radim.

– Masalani o‘rganish chog‘ida biz shunday holatga duch keldikki, ayrim davlat idoralari, korxonalar gazeta- jurnallarga obuna bo‘lgan, to‘lovi amalga oshirilgan, lekin gazeta- jurnal olishmaydi. Ammo korxona tashkilot rahbarlari obuna tashkil qilgan tashkilotdan buni talab qilib olmayapti. Nega shunday bo‘lyapti, deb o‘ylaysiz?

– Bu obuna davlat yoki tashkilot hisobidan bo‘lganda! Agar o‘zining hisobidan, ish haqidan to‘lab obuna bo‘lganda edi,yetkazib berilmagan gazeta- jurnallarni so‘ragan, surishtirgan bo‘lar edi. 

Xo‘sh, davriy nashrlar obunasini kim tashkil etishi lozim? U qanday me’yorlarga rioya etishi kerak? Farg‘ona viloyat “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ faoliyatidan noroziliklar, balki noqonuniy harakatlar degan ma’quldir, sabablari bilan qaysi idora shug‘ullanadi?

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytining minbari barchaga ochiq. Siz ham fikr bildiring.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/q0AXZfcaOZk" title="Jurnalistik surishtiruv" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyat “Matbuot tarqatuvchi” MCHJ ishonchli hamkormi?