Yaman shimolini boshqarayotgan “Ansor Alloh” shia harbiy-siyosiy guruhi G‘arbiy Yamandagi Hudayda porti bombardimon qilinishiga javoban Isroildagi hujum uchun mo‘ljallangan nishonlar ro‘yxatini kengaytirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Xusiylar hukumati axborot vaziri Hoshim Sharofiddin ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan. Avvalroq Yamanning “Al Masirah“ telekanali AQSH va Isroil samolyotlari Hudayda porti va sement zavodiga zarba bergani, 21 kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgan edi. Shuningdek, “Ansor Alloh” Isroil havodan to‘liq qamalga olinishini ham ta’kidlagan.

– Yaman Qurolli kuchlari G‘azoga bosqinchilikni kengaytirish qaroriga javoban, Isroilga qarshi keng qamrovli havo qamali boshlanganini e’lon qiladi, – deyilgan bayonotda. – Biz havo kemalari qo‘nalg‘alari, xususan Lod (Isroilda Ben-Gurion, deb ataladi) aeroportiga qayta-qayta zarba berish orqali qamalni kuchaytirish choralarini ko‘ramiz.

Isroillik harbiy manbaga ko‘ra, kuni kecha mamlakat harbiy-havo kuchlari Yaman hududiga 50 ta bomba tashlagan:

– Hudayda porti va qurol ishlab chiqariladigan zavodlarni vayron qildik. O‘yin tugadi.

Umuman, so‘nggi harbiy amaliyot Isroil Amerika Qo‘shma Shtatlari iltimosiga ko‘ra joriy qilgan uzoq muddatli cheklovdan so‘ng burilish nuqtasi bo‘ldi.

– Zarbalar AQSH hujumining yangi to‘lqini davriga to‘g‘ri keldi: oxirgi haftalarda yuzlab xusiy nishonlar yo‘q qilindi, – deya qayd etgan “Ynet” nashri.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xusiylar Isroildagi nishonlar ro‘yxatini kengaytirish bilan tahdid qildi