Xitoy kompaniyasi Afg‘oniston hududida avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 50 million dollar sarflashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, loyiha 3,5 yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Vazir o‘rinbosari Ahmadulla Zohid bilan uchrashuvda Xitoy tomoni vakillari yiliga 2000 tagacha transport vositasi ishlab chiqarish mo‘ljallanayotganini ma’lum qilgan. Ayni jarayonda 500-700 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Rejaga ko‘ra, Afg‘onistondagi zavodda nafaqat yengil avtomobil, balki avtobus, yuk va tez yordam mashinasi ham tayyorlash ko‘zda tutilgan. Mahsulotlar mahalliy xaridor uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mijozlarga bo‘lib to‘lash imkoni ham taqdim etiladi.

M.Sayfullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Afg‘onistonda mashina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda