Har yili Markaziy bank tashabbusi bilan an’anaviy tarzda “Butunjahon jamg‘arish kuni (Global Money Week)” loyihasi doirasida o‘quvchilarning zamonaviy raqamli moliyaviy xizmatlar bozorida oqilona qarorlar qabul qilish malakasini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va bank xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida butun respublika bo‘ylab “Ochiq darslar” tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlarda 20 dan ortiq tijorat banklari faol ishtirok etayotganini kuzatish mumkin.

Jumladan, “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimlari tomonidan Respublikamiz hududidagi 17 ta umumta’lim maktabida 500 ga yaqin o‘quvchi uchun “Oqilona jamg‘arish va mas’uliyatli qarz olish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tashabbuslar yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni jamg‘arish, moliyaviy rejalashtirish hamda mas’uliyat bilan qarz olishga o‘rgatish orqali o‘z moliyaviy kelajagini barpo etishga o‘rgatishi bilan ahamiyatga ega.

#O‘zmilliybank

#GlobalMoneyWeek2025

#GMW2025

#ThinkBeforeYouFollow #WiseMoneyTomorrow

#LearnSaveEarn

#Finlituz

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: “Global Money Week” loyihasi doirasida “Ochiq darslar”