Papa Fransisk vafotidan so‘ng Katolik cherkovi tez orada yangi rahbar tanlash uchun yuqori darajali jarayonni boshlaydi. Bu “konklav” deb nomlanuvchi maxfiy yig‘ilishdir.
“Pro Eligendo Romano Pontifice” ya’ni, “Rim papasini saylash uchun” ma’nosini anglatuvchi dastlabki bosqichdan keyin kardinallar konklav uchun maxsus kuchli xavfsizlik bilan ta’minlangan yig‘ilish manziliga yo‘l oladi. Hatto, cherkov atrofidagi hududlar ham nazoratga olinadi.
Bugun 133 nafar saylovchi kardinal navbatdagi Papa uchun ovoz beradi. Qaysi nomzodni uchdan ikki qismdan ko‘proq saylovchi qo‘llasa, o‘sha odam Fransiskning davomchisiga aylanadi.
Musulmon Ziyo