Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, 2025 yil aprel oyida nafaqa tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 7 ming 802 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi.
Jumladan, 1 119 nafar fuqaroga yoshga doir nafaqa, 2 694 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasi, 710 nafar oilaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi, 2 098 nafar fuqaroga nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi, 912 nafar fuqaroga parvarishlash nafaqasi, 228 nafar fuqaroga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam va 41 nafar fuqaroga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berilgan.
Ma’lumot uchun: 2025 yil mart ойида 7 479 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berilgan.
Muhayyo Toshqorayeva tayyorladi, O‘zA