Ayni kunlarda Toshkent viloyati pillakorlari ipak qurti parvarishlashida jonbozlik ko‘rsatmoqda. Hudud bo‘yicha 34 ming 26 quti ipak qurti boqilib, 2 ming tonna pilla xomashyosi yetishtirish belgilangan.

Jumladan, 9 ta pillachilik klasterlari tomonidan Xitoy davlatidan 17 ming 596 quti urug‘i olib kelinib, mavsumni namunali o‘tkazish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilmoqda. 

Hozirda ipak qurtini tarqatish bilan birga pilla boquvchilarga dastlabki avans mablag‘lari tarqatildi. Quvonarlisi, pillachilik sohasida yil davomida 100 ming nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. 

*** 

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida nazorat tadbiri doirasida 2,92 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-taroj qilingan holat aniqlandi. Xususan, Yangiyo‘l tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.A.” fermer xo‘jaligiga Tinchlik massividan ajratib berilgan 60 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarib olinmasdan turib, tuman hokimining yer tanlash to‘g‘risidagi qarori asos qilinib, 62,43 kvadrat metr qurilma mavjudligi ko‘rsatilgan holda fuqaro S.G‘. tomonidan fuqaro A.Z.ga sotib yuborilgan. 

Natijada esa qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan ekin yer maydoni talon-taroj bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan. Holat yuzasidan to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi. 

*** 

Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari X.Jalolov Ohangaron shahar IIB, JXX, Probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda hokimlik, IIB, Probatsiya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Tibbiyot birlashmasi, mahalla uyushmasi va boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 

Mas’ullar probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari tinglandi va ko‘rib chiqilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga muddatli topshiriqlar berildi. 

Asosiy maqsad ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish va ular tomonidan huquqbuzarlik va qayta jinoyat sodir etilishini oldini olishdan iboratdir. 

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda