Mutasaddilarga hududlarga ajratiladigan mablag‘lar ulushini 14 foizdan 30 foizgacha oshirish topshirildi. O‘tgan yili hududlarga 100 milliard so‘m berilgan bo‘lsa, bu yil ushbu mablag‘ 350 milliard so‘m bo‘ladi.

Elektron yo‘llanma berish va taqsimlash tizimi ham tubdan o‘zgaradi. Yo‘llanmaga kiritilgan kasalliklarni davolash xizmatlariga yagona bazaviy narx tasdiqlanadi. Endilikda bemorga respublika darajasida davolanish uchun berilgan yo‘llanma yagona elektron platformaga joylashtiriladi.

Platformada respublika markazi, boshqa viloyatdagi davlat va xususiy klinikalar ishtirok etadi. Ya’ni, yo‘llanma uchun tanlov bo‘lib, shifoxonalar bemorni qachon qabul qilishi, qanday davolashi, kerak bo‘lsa, shifokorini hududga yuborib, muolajani o‘sha yerda qilishi bo‘yicha eng maqbul taklifini beradi. Ushbu takliflar asosida bemor o‘ziga eng qulay shifoxonani tanlaydi.

–Shunda respublika markazlari va hududiy shifoxonalar o‘rtasida erkin raqobat bo‘ladi, – dedi Prezident.

Umuman, tibbiy sug‘urta tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bu yil elektron yo‘llanma asosida davolashga byudjetdan 1,1 trillion so‘m ajratilmoqda