Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Viloyat va tuman shifoxonalarida vrachlar, o‘rinlar, mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi.

Kasallanish yuqori bo‘lgan Surxondaryo va Qashqadaryoda har 10 ming aholi uchun 25 ta koyka bo‘lsa, Navoiyda 31 ta, Sirdaryoda 34 ta davolanish o‘rni to‘g‘ri keladi.  

Aholi soni bir xil bo‘lgan Qo‘rg‘ontepadagi shifoxonada 310 ta, Namangan tumanida 420 ta koyka bor. Oqibatda dori uchun ajratilgan mablag‘ Qo‘rg‘ontepada kishi boshiga 3,5 ming so‘m, Namangan tumanida 16 ming so‘mga to‘g‘ri kelayapti.

Boshqa misol – Andijon shahridagi davlat shifoxonasida byudjet hisobidagi har 10 ta koykaga 26 nafar tibbiy xodim to‘g‘ri keladi. Vaholanki, xususiy klinikada bu ishlarni 5 nafar xodim bajara oladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifoxonalarda vrachlar, o‘rinlar, mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aytildi