Prezident tashrifidan so‘ng...

Bugungi iqtisodiy islohotlar sharoitida tarmoqlar kesimida klaster tizimini joriy etish muhim sanaladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, ichki ehtiyojni qoplash va eksport salohiyatini oshirishda bu muhim vositaga aylanmoqda.

Tizim nafaqat sohalar o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirmoqda, balki tadbirkorlar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochyapti.

Bugun Xorazm viloyati misolida paxta-to‘qimachilik klasteri yo‘nalishida va maxsus sanoat zonalarida samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning natijalariga to‘xtalamiz.

O‘zbekistondagi eng yirik klasterlardan biri paxta-to‘qimachilik sanoatida shakllandi. Avvallari paxta xomashyo sifatida sotilgan bo‘lsa, klaster tizimi orqali endi uning qayta ishlash darajasi oshdi.

Xorazm viloyatida ham bunday yirik tadbirkorlik sub’ektlari soni ortmoqda. Bu hududda yetishtirilgan paxtani zamonaviy tizimda chuqur qayta ishlash kengayib borayotganini anglatadi.

Hududda yetishtirilgan paxtani qayta ishlash 65 foizni tashkil qiladi. Sohada faoliyat yuritayotgan oltmishta korxonada esa 24 ming nafar aholi ish bilan band.

Urganch tumanidagi “Urganch klaster” viloyatda eng samarali ishlayotgan yirik tadbirkorlik sub’ektlaridan biri.

Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida 2 may kuni ushbu klasterning yangi ishga tushirilgan ip-yigiruv hamda mato to‘qish fabrikalari faoliyati bilan tanishgan edi.

Prezident bu yerda mahsulotlar turi va sifatini ko‘paytirib, eksport ko‘lamini kengaytirish, energiya tejamkorlik orqali mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tadbirkorlik sub’ekti 8 ming 500 gektar maydonda yetishtirgan paxtani 100 foiz qayta ishlaydi. Buning uchun paxta tozalash zavodi unumli faoliyat olib boradi. Shuningdek, yiliga 17 ming 500 tonna chigitdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega yog‘ zavodi samarali ishlamoqda.

Shu kunlarda klasterning ip-yigiruv hamda mato to‘qish fabrikalari soni ortdi. Xususan, yana ikkita korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun qo‘shimcha investitsiya yo‘naltirildi. Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi.

Korxonada o‘quv-tajriba markazi tashkil etilgan. Tikuvchi va dizayner-mutaxassislar avval shu yerda o‘qitilib, keyin ishga jalb etilmoqda.

Bu ishlar natijasida tizimda ishlab chiqarish hajmi sezilarli ortdi. Yiliga 10 ming 800 tonna atrofida ip-kalava va 3 million dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratildi.

Bu yerda tayyorlanayotgan kiyim-kechaklarning sifati yuqori. Shu bois ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismi eksportga yo‘naltiriladi. Korxonaning yillik eksport salohiyati esa 28 million dollar atrofida.

Darhaqiqat, klasterning tashkil etilganiga besh yil bo‘lgan. Bugun u viloyatda paxta xomashyosini yetishtirishdan tortib tayyor kiyim-kechak tikishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan zanjirga aylandi. Bu tizimda hozir ish bilan ta’minlanganlar soni uch ming kishiga yetdi.

O‘zbekistonda mebelsozlik tarmog‘i rivojida ham yangicha yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilmoqda Bu sohaga mahalliy xomashyo bilan birga dizayn, logistika, zamonaviy texnologiyalar va savdo tarmoqlari ham jalb etilmoqda.

– Prezidentimiz viloyatga tashrifi chog‘ida Xonqa tumanida barpo etilgan mebelsozlik kichik sanoat zonasida ham bo‘ldi, – deydi tadbirkor Dovrug‘ Ro‘zmetov. – Tumanimizda avvaldan biz kabi mebelsoz ustalar ko‘p bo‘lgan. Shu paytgacha ko‘pchiligimiz tor joylarda, noqulay sharoitlarda ishlardik. Bu sanoat zonasida mebel mahsulotlarini klaster usulida ishlab chiqarish, ko‘rgazma va savdo ob’ektlarini o‘z ichiga olgan majmua barpo etildi. Bu yerdagi korxonalar bugun oddiy ustaxona emas. Ularda Italiya, Shveysariya, Germaniya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlardan keltirilgan zamonaviy dastgohlar ishlab turibdi. Uy, ofis, mehmonxona, restoran, savdo va ijtimoiy muassasalar uchun mebellar ishlab chiqarilmoqda. Bu sharoitdan, albatta, mamnun bo‘lamiz. Axir, bu yerdagi bizga o‘xshagan korxonalarda 650 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Ushbu o‘n gektarlik sanoat zonasida 10 million dollarlik 61 ta korxona faoliyat boshlamoqda. Ularda yiliga 108 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati bor. Bu mebellarni tashqi bozorlarga ham yo‘naltirish rejaga kiritilgan. 

Mamlakatimizda qurilish ko‘lami oshayotgan, ko‘plab uy-joy, mehmonxona, bino va inshootlar barpo etilayotgan shu davrda bu kabi loyihalarning hayotga tatbiq etilayotgani muhim ahamiyatga ega.

Ikrom AVVALBOEV,
Ahmadjon SHOKIROV,
O‘zA muxblari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda tadbirkorlik salohiyati o‘sishida yangi davrni boshlagan muhim tashabbuslar