G‘azoga uyushtirilgan hujumda 22 kishi nobud bo‘ldi
G‘azo markazidagi Al-Burayj qo‘nalg‘asi hududidagi minglab qochqinlar boshpana topgan maktabga uyushtirilgan hujumda 22 kishi, jumladan yetti bola halok bo‘ldi, o‘nlab odam jarohatlandi. Bu haqda CNNxabar berdi.
Fojia Isroil Bosh vaziri xavfsizlik mahkamasi anklavda kengaytirilgan harbiy amaliyot o‘tkazish qarorini ma’qullagandan biroz vaqt o‘tib sodir bo‘ldi. Shundan buyon, Falastin sog‘liqni saqlash idorasi ma’lumotiga ko‘ra, kamida 48 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan, 142 odam yaralangan.