Hindiston hukumati Pokiston tasarrufidagi Kashmir mintaqasining to‘qqiz joyiga raketa hujumini amalga oshirdi. Bu haqda BBC xabar tarqatgan.
Pokiston harbiylari esa uch hududga zarba berilganini ma’lum qildi. Hozircha 8 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Yadro quroliga ega bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabat o‘tgan oy Pahalgamda jangarilarning sayyohlarga halokatli hujumidan keyin keskin yomonlashdi.
Dehli "fojiaga Pokistondan qo‘nim topgan terrorchilar ochiq-oydin aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillar bor"ligini da’vo qildi. Pokiston tomoni bu farazni rad etgan.
Ayni payt hind nishonlariga qarshi amaliyot ham boshlangani haqida ma’lumotlar bor. Masalan, Srinagardagi aviabaza allaqachon raketa zarbasiga uchragani ma’lum qilindi.
Musulmon Ziyo, O‘zA