O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun Yaponiya bozorlarida imkoniyatlar kengaymoqda.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda kunchiqar davlatning Qishloq, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vazirligi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida yurtimizda yetishtirilgan yana 11 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlar uchun fitosanitar ruxsatlar olindi. Shu tariqa bugungi kunda Yaponiyaga endilikda 69 turdagi mahsulotni eksport qilish mumkin bo‘ladi.  

Jumladan, sholg‘om, kungaboqar urug‘i, brokkoli, anjir, na’matak kabi  mahsulotlarni Yaponiyaga fitosanitar ruxsatnoma asosida eksport qilinadi. 125 millionlik aholiga ega ushbu davlat hududining bor-yo‘g‘i  12-13 foizi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli ekanligini inobatga oladigan bo‘lsa, meva-sabzavotlar importiga ularda talab yuqoriligi kundek ravshan bo‘ladi.  

Raqamlarlarga nazar soladigan bo‘lsak, birgina 2024 yilda ushbu mamlakat 1.6 million tonna yangi uzilgan mevani import qilgan. Sabzavotlar yo‘nalishida bu ko‘rsatgich taxminan 14 million tonnaga teng.

- Eksport qilinadigan mahsulotlar begona o‘tlar va ularning urug‘laridan, tuproq, shag‘al, shuningdek, boshqa aralashmalardan xoli bo‘lishi talab qilinadi, - deydi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy eksport shtabi xodimi Nargiza Murodjonova.  – O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan mahsulotni ekish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va Yaponiyaga eksport qilishgacha bo‘lgan, shuningdek, tegishli xavfsizlik talablariga javob berilishigacha bo‘lgan barcha jarayonlar nazorat qilinadi.    

O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi bozorlarning ochilishi – bu mamlakatimiz agrar sohasidagi salohiyatini namoyish etish, bobodehqonlarimiz moddiy ahvolini yaxshilashda qo‘shimcha  imkoniyatdir. Qolaversa, bu tizimda yangicha yondashuv joriy etilib, “daladan eksportgacha” tamoyili ostida yetishtirish, saqlash, kalibrlash, qadoqlash jarayonlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Bu esa kichik bo‘g‘inlardan tashkil topgan zanjirning joriy etilishiga va qo‘shimcha ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymatni yaratishga, texnologik qayta ishlash va savdo-logistika tizimini kengaytirishga turtki bo‘lmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/axkuwP77QnI" title="Yaponiyaga yana qo‘shimcha 11 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyaga yana qo‘shimcha 11 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinadi (+video)