Joriy yilning 5 may kuni Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi va “O‘zmilliybank” AJ tashabbusi bilan ”Zargarlik sohasida faoliyat: qonun doirasida” mavzusidagi uchrashuv-seminar o‘tkazildi. Uchrashuvda Bosh prokuratura, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan zargarlik sohasi korxonalari uchun manfaatli bo‘lgan savdoni moliyalashtirish mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Jumladan, Prezidentimizning 2024 yil 12 avgustdagi PF-109-sonli Farmoniga asosan O‘zmilliybankda faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zmilliybank vakili tomonidan zargarlik sohasi korxonalari uchun faktoring xizmatlarining afzalliklari va shartlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2021 yil 22 fevraldagi PQ-4998-sonli Qaroriga asosan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan qimmatbaho metallar xarid qiluvchi ishlab chiqaruvchilar uchun taqdim etiladigan bank kafolatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: zargarlik sohasi korxonalari uchun faktoring xizmatlari