Mulohaza

Endi tili chiqqan qizaloqdan “kelajakda kim bo‘lasan?”, deb so‘raganmisiz? Bu savolga ularning aksariyati “kelin bo‘laman” deb javob beradi. Menimcha bu beg‘ubor bolalikning asl namoyishi. Ya’ni jajji bolajonlar nimani ko‘rsa unga havas va hayrat bilan qaraydi. O‘zligimizni namoyon etuvchi, betakror milliy urf-odatlarimiz esa beg‘ubor bolalikka o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Opasining to‘yini, kelin salomlarni ko‘rgan murg‘ak qalb egasi juda ta’sirlanadi, xayolot olamiga sho‘ng‘iydi. U ham boshiga ro‘mol tashlab, egilib kelin salom qiladi. Bu bir oddiy voqeaday tuyulishi mumkin. Lekin, buning tag- zamirida katta ma’naviyat, tarbiya borligini o‘ylab  ham ko‘rmaganmiz. Bu masalaga maqolamiz oxiriga yana qaytamiz... 

So‘nggi paytlarda o‘zbek qizlarining chet el fuqarolariga turmushga chiqayotgani haqida ko‘p eshityapmiz.  To‘g‘risini aytganda, bundan hayratlanmay ham qo‘ydik. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o‘zbekistonlik qizlarning xorijliklar bilan turmush qurish holati yildan yilga ko‘paymoqda. Tabiiy savol tug‘iladi. Nega o‘zbekistonlik qizlar  boshqa millat vakillari bilan hayotini bog‘lamoqda? Muhabbatmi, majburiyatmi yoki yana boshqa sabablar bormi?

Albatta, bunga sabab va omillar ko‘p. Kimdir xorijga ketsam maza qilib yashayman, yaxshigina pul topib, ota-onamga yordamlashaman desa, ayrimlar bilib-bilmay birovlarga ergashmoqda. Qizini xorijga uzatayotganini ko‘z-ko‘z qilib maqtanayotgan ota-onalar borligiga ham guvoh bo‘lyapmiz. Bir paytlar  qizlar bir viloyatdan boshqa viloyatga turmushga chiqsa taajjublanardik. Bunaqa voqealar kamdan kam hollarda uchrardi. Shunda ham hamma nimaga unaqa bo‘libdi, biron gapi bormikan, qochib ketibdimi, degan hadiklar bo‘lardi. Xorijlikka turmushga chiqish haqida esa umuman gap yo‘q edi... 

To‘g‘ri, zamon o‘zgardi. Globallashuv barcha mezonlarni, qarashlarni o‘zgartirdi. Mustaqil bo‘ldik. O‘zligimizni angladik. Biroq, bu asrlar osha sayqallanib kelgan milliyligimizga putur yetkazmasligi darkor edi. Zamonaviylashib, dunyoqarashimiz oshgani sari ota-bobomizdan qolgan urf-odatlarni ham unutayotganga o‘xshaymiz. Zamon bilan hamnafas bo‘lish yaxshi albatta, biroq inson o‘zgarishlardan to‘g‘ri xulosa olishi kerak  va nokeragini ajrata olishi muhim. Shu ma’noda ayrim ota-onalarning  ko‘z qorachig‘iday asrab voyaga yetkazgan, tarbiyalagan, o‘qitgan, ibo-hayoli qizlarini qo‘sh-qo‘llab xorijga uzatayotgani kishiga alam qiladi.

Eng achinarli tomoni shundaki, chet elga rizq topish maqsadida ketish erkaklar qolib, ayollar orasida ko‘paymoqda. Bu illat yildan yilga rivojlanayotgani ham achchiq haqiqat. Bu iymon-e’tiqodli, millat, yurt kelajagi, tashvishi bilan yashaydigan  har qanday insonni o‘yga toldiradi.

Ko‘ngilni xira qiladigan yana bir jihat bor. Bu odam savdosining bir turiga aylangan “kelinlar biznesi”dir. Yaqinda turk mediasida “Xorijlik kelinlar qurboni bo‘lgan kuyovlar” sarlavhasida ko‘rsatuvlar namoyish etildi. Unda “o‘zbek kelinlari biznesi” paydo bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi.  Turkiyalik jurnalist o‘zbek kelinlari, ularga uylangan turk kuyovlari va ularni o‘zaro tanishtirgan o‘rtakashlar haqida turkum ko‘rsatuvlar  tayyorlagan.

–  Ayrim qizlarimiz  chet elga hoy-havas ortidan ergashib turmushga chiqyapti, – deydi Toshkent shahrida yashovchi  mahalla faoli Dilbar G‘afforova. – Men bunda bolalarimizni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bo‘shliq borligini ko‘raman. Bu bo‘shliqni faqatgina oilada ota-onalar to‘ldira oladi. Bugungi kunda ba’zi onalar farzand tarbiyasi bilan umuman shug‘ullanmayapti. Axir farzand tarbiyasida onaning o‘rni juda katta. Mehr degan tuyg‘uni hech kim onachalik bera olmaydi. Bolalarning qarovsizligi, ta’lim muassasalarida, mahallada tarbiyasi og‘ir, yengil hayotga o‘ch bo‘lgan qizlarning e’tibordan chetda qolishi ham mana shunday holatlar ko‘payishiga sabab bo‘layotir. To‘g‘ri,  turmushga chiqish yoki qaysi davlatga borib yashash insonning o‘z huquqi hisoblanadi. Uni poymol qilishga hech kimni haqqi yo‘q. Tahlil qiladigan bo‘lsak, ba’zi oilalarda ota-ona xorijga ishlashga ketgan. Qizi xolasining yoki keksa buvisining qo‘lida qolgan. Yoki ona xorijga ishlashga ketgan, otasi qiz bola tarbiyasi bilan shug‘ullana olmagan. Er-xotin ajrashgan, bolalar buvisining qo‘lida, onasi boshqa turmush qurgan. Mana shunday holatlarda qizlar bizning nazarimizdan chetda qolmoqda. Qizlarimizga bolaligidan boriga shukur qilishni o‘rgatishga biz   buvijonlar, ota-onalar bevosita mas’ulmiz.

Chet el fuqarosiga turmushga chiqqan,  biroq turmushi “o‘xshamagan” ayollar bilan suhbatlashganimizda ko‘pchiligi moddiy tomondan yetishmovchilik bo‘lgani uchun shunday qilganini ta’kidlaydi.

Nargiza (ismi o‘zgartirilgan) xorijga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik qizlardan biri. U xitoylik sayyoh bilan tanishib qoladi. Ikkalasi O‘zbekistonda ma’lum muddat gaplashishadi. Xitoy tilini bilmagan Nargiza telefondagi Google tarjimasi orqali suhbatlashgan.

– O‘tgan yilning sentyabr oyida xitoylik bir yigit bilan tanishib qoldim, – deydi Nargiza Rustamova. (ismi familiyasi o‘zgartirilgan.) – Ikkalamiz bir-birimizga ko‘ngil qo‘ydik. – U menga uylanib, Xitoyga olib ketishini, oilamga pul yuborib turishini aytdi. Ota-onam yetti yoshimda ajrashib ketgan. Onam ikkinchi guruh nogironi. Onamning ota hovlisida yashaymiz. Tog‘alarim hovlining ikki sotix joyini bizga ajratib bergan. Bir xonali uyda onam, ukam, bobom bilan yashardik. To‘g‘risini aytsam oilamizga moddiy tomondan yordam bo‘lar, degan maqsadda xitoylik fuqaroga turmushga chiqishga qaror qildim. 

Onam, qarindoshlarim bunga qarshi bo‘ldi. Ammo men so‘zimda turdim. Biz turmush qurdik. Xitoyga borganimdan keyin biroz vaqt o‘tib homilador bo‘lib qoldim. Kelsam, o‘rtahol oila ekan. Erim va singlisi bir korxonada ishlaydi. Qaynonam, qaynotam yoshi katta. Erimning aytishicha, uning onasi “o‘zbek qiziga uylan, ular mehnatkash, vafodor bo‘ladi. Buni e’lonlarda ko‘p o‘qiganman” deb aytgan ekan. Shuning uchun menga uylangan ekan. Oradan vaqt o‘tgach erimning boshqa bir xotini borligini bilib qoldim. Shundan munosabatlarimiz buzildi.  Men uyga qaytishimni aytganimda hujjatlarimni olib qo‘ydi. Begona yurtlarda musofir bo‘lib yashash qiyin ekan. O‘zim juda yolg‘izlanib qoldim. Yaqinlarimni sog‘indim. Yurt sog‘inchi qiynadi. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasiga kelib yordam so‘radim. Xudoga shukr ularni yordamida O‘zbekistonga qaytdim. O‘g‘il farzandli bo‘ldim. Hozir o‘g‘lim 8 oylik bo‘ldi. Dono xalqimiz aytganidek, so‘nggi pushaymon o‘zingga dushman. Xorijlik yigitga turmushga chiqqanimdan juda-juda afsuslanaman.

Muborak degan qizimiz ham xitoylik yigitga turmushga chiqqan. Bu ayolning suhbatini eshitgach,  xorijga erga tegish istagida bo‘lgan qizlar, ularning ota-onalari o‘zlariga  tegishli xulosa chiqarib olsalar yomon bo‘lmas edi.

– Kam ta’minlangan oilada yashardim,  – deydi Muborak. – Dadam katta miqdorda pul qarz bo‘lib qoldi. Bor budimizni sotdik. Dadam qamalib chiqdi. Uning ustiga onamning sog‘lig‘i yomonlashdi. Shifokorlar onamni operatsiya qilmasak bo‘lmaydi, deyishdi. Shunda dadam qo‘shnimizning sovchilik agentligi borligi, xorijga qizlarni turmushga berish evaziga yaxshi qalin puli berilayotganini aytdi. Qizim xitoylik bir kuyov bor ekan. Yaxshi inson deyapti. Unga turmushga chiqsang, bizga har oy pul yuborib turishini aytyapti. Shunda uy-joy degandek, oilamizni moddiy tomondan tiklab olarmidik, dedi. Men bu taklifga rozi bo‘ldim.

Ne umidlar bilan turmushga chiqib, Xitoyga keldim. Menga sovchilik agentligi bu insonning juda boy-badavlat ekanligini aytgan edi. Ammo kelsam Xitoyning bir qishlog‘ida yashovchi dehqon ekan. Kelishim bilan telefonim, hujjatlarimni olib qo‘ydi. Dalada ishlashga majburladi. U bilan 4 oy yashagan bo‘lsam, bor xo‘rliklarni ko‘rdim. Tilini bilmaganim uchun uning so‘zlariga tushunmasdim. Ketaman, desam meni uyga qamab qo‘yardi. Bir amallab O‘zbekistoning Xitoydagi elchixonasiga bordim. Ularga rahmat, meni ona vatanimizga qaytardi. Opa-singillarga aytar so‘zim xorijga turmushga chiqmang. Dini, tili, urf-odatlari boshqacha odam sizni baxtli qila olmaydi. Turli sovchilik agentliklarining qop-qop va’dalariga ishonmang.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Farida Abdurahimova mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga qaramasdan o‘zbek qizlarining xorijga turmushga chiqib ketayotganidan taajjubda ekanini bildirdi.  

O‘ylab ko‘rilsa, yurtimizda ayollarga, qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, e’tibor va g‘amxo‘rlikning chek-chegarasi yo‘q, – deydi  F.Abdurahimova. – Xotin-qizlarga juda katta sharoitlar yaratilgan va yaratilmoqda. Qiyoslash uchun bir misol. 2019 yil 2 sentyabrda Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Buni boshqa davlatlarga solishtirib talqin qiladigan bo‘lsak, hali ba’zi qo‘shni davlatlarda ham gender tengligi masalasi bo‘yicha qonun qabul qilinmagan. Yoki tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ham eng rivojlangan mamlakatlarning ko‘pida bu borada qonun yo‘q. Milliy parlamentlar bo‘yicha xalqaro reytingda (IPU Parline) O‘zbekiston parlamentdagi xotin-qizlar salmog‘i bo‘yicha jahondagi 193 davlat orasida 49-o‘rindan 34-o‘ringa ko‘tarilgani davlatimizda demokratiya va gender tenglik masalasiga alohida e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.

Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35, tadbirkorlik sohasida 45, siyosiy partiyalar tarkibida esa 49 foizga yetdi. Boshqaruv xodimlari orasida xotin-qizlar ulushini 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, jumladan, direktorlar va kuzatuv kengashlari tarkibini shakllantirishga ham tatbiq etilishi belgilandi. Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi, Senat a’zolarining 27 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari deputatlarining 32,6 foizi ayollardan iborat.Bularning barchasi O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy maydonda xotin-qizlarga ishonch yuqori ekani, bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar samara berayotganining yorqin ifodasidir. 

Ilgari turmush o‘rtog‘i bilan yoki qaynonasi bilan kelisha olmay ko‘chada qolgan ayollarni qanday himoya qilishni bilmasdik. Hozir tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarimizni davlat o‘z himoyasiga olgan. Ularning huquqlari qonun bilan kafolatlanganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Yana bir ma’lumot, o‘tgan yilning o‘zida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida ikkita qonun, Prezidentimizning  bitta, Vazirlar Mahkamasining ikkita  qarorlari qabul qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda “Xavfsiz oila” moduli orqali 156 mingdan ortiq oiladagi nizolar hal etilgan. 74 ming 278 ta oila yarashgan, 13 ming 57 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan. Bundan tashqari, ayollarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash amalga oshirilayotgan ishlarning eng ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Misol uchun, o‘tgan yili 872 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 233 ming nafardan ziyod ayollarga 4 trillion 700 milliard so‘m kredit ajratildi. 252 mingdan ortiq opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitildi.

E’tiborlisi opa-singillarimizni ko‘pdan buyon qiynab kelgan uy-joy muammosiga yechim topildi. Buni raqamlarda kuzatadigan bo‘lsak, 2017 yilda mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 8 ming xonadonli 191 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilgan bo‘lsa, 2024 yilda 56 ming xonadonli 1433 ta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda yana 90 ming xonadonli turar-joylar quriladi. Yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalar orttirishiga har tomonlama ko‘maklashish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Birinchidan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga umumiy kvotaning 4 foizi miqdorida (2 mingta o‘rin) grant ajratilib, talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyanomasi bilan davlat granti asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan 6 yil avval oliygohlarda 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam qariyb 5 barobar ko‘payib 500 ming nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi tartibga muvofiq, magistraturada o‘qiyotgan 10 mingdan ortiq talaba qizlar uchun 68 milliard so‘mdan ziyod kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab berildi. 65 mingdan ko‘proq talaba xotin-qizlarga 727 milliard so‘mga yaqin foizsiz ta’lim krediti ajratildi. Ehtiyojmand oilalarda yashayotgan qariyb 2 ming nafar qizlar, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan 500 nafardan ortiq xotin-qizlar oliygohlarga alohida kvota asosida o‘qishga qabul qilindi. Yana bir e’tiborga molik jihat, oliy ta’lim muassasasi, texnikum va kollejlarda kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish tartibi joriy etildi. O‘tgan qisqa muddatda 181,5 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 7 yil muddatga foizsiz ta’lim krediti ajratildi. Natijada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 1 million 479 ming 384 talabaning 52,2 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. 

Mamlakatimizda xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgan bir vaqtda ba’zi opa-singillarimiz nega xorijiy davlatlarga ishlashga ketmoqda!? Qizlarimizning xorijiy fuqarolarga turmushga chiqish holatlari ko‘paymoqda. Oilashunos olima sifatida bu haqida juda ko‘p o‘ylayman, tahlil qilaman, sabablarini izlashga harakat qilaman. Ko‘plab  ayollar bilan suhbatlashaman. Yaqinda bir qiz bilan suhbatlashdim. Ishlash maqsadida Arab davlatiga ketib, u yerda fohishaxonalarda bo‘lgan. Bir farzand ko‘rgan. Ayol bolasining otasi kimligini bilmaydi. Endi uyimga qaytib bora olmayman, aka-ukalarim meni tirik qo‘ymaydi, deydi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir o‘zbek ayoli koreyalik fuqaroga turmushga chiqqani va Koreya davlatida vafot etgani, mayit 10 kun sarson bo‘lgani, musulmon diniga mansub insonlar mayitni so‘nggi manzilga kuzatgani haqida lavha e’lon qilindi. Bu holatlar surishtirmay netmay xorijga turmushga chiqib ketayotgan qizlarga achchiq saboq bo‘lishi kerak.

Rasmiy idoralarning ma’lumotiga qaraganda, 2006-2008 va 2020 yillarda o‘zbek qizlarining Janubiy Koreya, Xitoyga turmushga chiqishlari avj olgan. 2021-2024 yillarda esa Turkiya davlatiga turmushga chiqish holati ko‘paygan. Turmushga chiqqanlarning 90-95 foizi hali hayotni yaxshi anglamagan yosh qizlar ekani achinarlidir. Qizlarimizga xaridor kuyovlar esa 35 – 50 yoshlarda…

To‘g‘ri, qonun bo‘yicha har kim xohlagan insonga, xohlagan davlat fuqarosiga turmushga chiqishi mumkin. Bu har bir fuqaroning ixtiyoriy tanlovi hisoblanadi. Qonunda bu borada hech qanday cheklov yo‘q. Biroq, milliy g‘urur, iftixor, Vatanga muhabbat degan muqaddas tuyg‘ular ham borligini esdan chiqarmaslik kerak. 

Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o‘pka yaxshi, deyilganidek chet eldagi “boyvachchalar”dan o‘zimizning “qorako‘zlar” mard, tanti o‘zbek yigitlari ming marta afzal. Hoyu-havaslarga berilib, bilib-bilmay xorijga turmushga chiqayotgan qizlarimizning achchiq qismatlaridan xulosa chiqarish vaqti kelmadimikan? Biz maqolamiz avvalida tilga olgan milliy qadriyatlarimizni e’zozlashimiz kerak. Zero bu bizning necha asrlar davomida sayqallanib kelayotgan betakror merosimiz, qolaversa, yuksak o‘zbek ma’naviyatining ayni mag‘zidir. Uni farzandlarimizga yoshligidan o‘rgatishimiz, tarbiyasiga singdirishimiz eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.  Qolaversa, yuksak ma’naviyatli, iymon-e’tiqodi mustahkam kishini hayotning yelgil-yelpi, aldamchi hoyu-havaslari  hech qachon yo‘ldan adashtirolmaydi. 

 Shahnoza Mamaturopova, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdagi “boyvachcha”dan o‘zimizning “qorako‘z” yaxshi...