Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilishga qaratilgan “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar murojaatini tezkor hamda adolatli ko‘rib chiqishda yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Huquqni muhafaza qilish akademiyasining raqamli kriminalistika ilmiy tadqiqot instituti boshlig‘i G‘ayrat Musayev ushbu qaror mazmun-mohiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:  

– Davlatimiz rahbarining yangi qarori asosida ichki ishlar organlarida zamonaviy raqamli ekotizimni yaratish vazifasi belgilandi. Bugungi globallashuv axborot texnologiyalari davrida ichki ishlar organlari ham zamon talablariga muvofiq ravishda raqamli tizimlardan foydalanib ish olib boradi.

Qaror bilan 2025 -2027 yillarda ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, ichki ishlar organlarining axborot infratuzilmasini sun’iy intellekt asosida yagona tizimga birlashtirib, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi oshiriladi.  

Raqamli texnologiyalar bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatini yagona tizim asosida muvofiqlashtirish va yuqori malakali mutaxassislardan iborat raqamli jamoat ishi shakllantiriladi. Jinoyatlar va huquqbuzarliklar statistikasini avtomatlashtirish va tahlil jarayonida inson omili cheklanadi.  

Huquqiy statistika va ma’lumotlardan foydalanish jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi hamda axborot xavfsizligi ta’minlanadi.

Sohada axborot texnologiyalari mutaxassislari kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar, dasturchilar va analitik kadrlarga ehtiyoj juda katta. Shu sababli, kadr tayyorlash tizimi ham tubdan yangilanadi.  

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun maxsus kurslar, treninglar va sertifikatlashtirish dasturlari  yo‘lga qo‘yiladi. Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularni sohada to‘liq namoyish etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.  

Mazkur qaror nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, balki mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Aytib o‘tish kerakki, davlatimiz rahbarining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tarkibida tashkil etilgan Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi kiberjinoyatlarni tergov qilish usullari, internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yig‘ish, raqamli kriminalistikaning maxsus dasturiy ta’minotlarni ishlatish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirmoqda. 

Keyingi paytda kiberhuquqni takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar qilinmoqda. Qabul qilingan qaror asosida faoliyatimizni yanada rivojlantirish va kengaytirish vazifasi turibdi. Bu borada barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini o‘rganish, kibermakondagi tahdidlarga faol javob berish bilan bog‘liq uslubiy, ilmiy, tahliliy faoliyat  yanada kuchaytiriladi.  

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kibermakondagi tahdidlarga faol javob berish bilan bog‘liq ilmiy va tahliliy faoliyat yanada kuchaytiriladi