Munosabat

Insonlar orasida “To‘yga yetkazsin!” degan ibora keng tarqalgan.  Ammo, to‘ylar bilan bog‘liq shunday muammolar ham borki, bu asrlar osha yashab kelmoqda. Jadid bobolarimiz ham to‘ylardagi isrofgarchiliklar haqida kuyinib yozganlari tarixdan ma’lum. 

Jumladan, ezgu amallar bilan birga isrofgarchilik, dabdababozlik, soxta obro‘ orttirishga urinish kabi salbiy holatlar, ming afsuski, hamon mavjud. 

Yillab mehnat qilib, topgan-tutganini bir to‘y bahona sochib yuborish yetmaganday, qarzu havola qilib, oilasini qiyin ahvolga solayotganlar ham yo‘q emas. 

Shuning uchun ham to‘ylarni tartibga solishga davlat darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar ham qabul qilinib, to‘y o‘tkazish bilan bog‘liq tartiblar belgilangan. 

Ammo, ularni bajarishda, ixcham, isrofgarchiliksiz to‘y o‘tkazishga bo‘lgan da’vat va tavsiyalarga negadir panja orasidan qarab kelinmoqda. 

Vaholanki, bir to‘yga ketgan ortiqcha mablag‘ bilan yosh oilaning uyli-joyli bo‘lishiga yordam berish, hayot yo‘llarida qoqilmasligi uchun tadbirkorlikni boshlashiga ko‘mak ko‘rsatish, umuman, kelajagiga investitsiya kiritish mumkin. Axir dabdabali to‘ydan keyin o‘zini o‘nglay olmay qolayotgan, moddiy yetishmovchilik, qarzu havola kabi ko‘ngilsizliklar sabab buzilib ketayotgan oilalar borligi hech kimga sir emas yoxud yosh oilada farzandlar tug‘ilgach, uy-joy bilan bog‘liq muammo yuzaga kelishi bor gap. 

Shuning uchun ham bu mavzu shu kunlarda yana kun tartibiga chiqdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi. 

“Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak”, dedi Prezident.

Shu bilan birga, majlisda jamiyatda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish, bu borada ochiq tizim va muhit yaratish vazifasi qo‘yildi. 

Zero, to‘ylardagi dabdababozliklar tub zamirida korrupsiya mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi. Mansab vakolatidan, xizmat mavqeidan foydalanib, poraxo‘rlikka qo‘l urayotganlar, beli og‘rimay topgan pullarini esa o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga sarflayotganlar milliy to‘ylarimizning asl shaklu shamoyili o‘zgarib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Ana shunday dabdababozliklarni ko‘rayotgan boshqalar ham chiranib bo‘lsa-da, birovdan qolmaslikka urinayotgani, oqibatda, barcha to‘ylar, ayniqsa, nikoh to‘ylari yoshlarning baxtini ko‘zlab emas, balki ota-onalarning o‘zini elga ko‘rsatib qo‘yish musobaqasiga aylanib borayotgani achinarli hol. 

Yuqorida qayd etilgan Milliy kengash majlisidan keyin davlatimiz rahbarining 2025 yil 21 aprelda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. 

Endilikda korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament, milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchayadi. Deklaratsiyalash, noqonuniy boylik orttirishga oid yangi tartiblar kiritilishi natijasida korrupsiya omillari cheklanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tashkilotlardagi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati kuchaytiriladi.

Maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazirlik, idoralar rahbarlari mas’uliyati oshiriladi. Davlat xizmatlari darajasini aholi baholaydigan tizim qilinadi, eng yomon ko‘rsatkichga ega soha rahbarlari bo‘yicha chora ko‘riladi.

Eng muhimi, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi yuksaltirilib, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldorlik shakllanadi.

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan loyihaga asosan to‘ylar tartibga solinadi. Bu mazkur hujjat bilan tasdiqlangan, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatida keltirilgan. Unda joriy yilning avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar nazarda tutilgan. 

Mazkur loyihaga parlament, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul etib belgilandi. 

Eng muhimi, mazkur farmon e’lon qilinganidan keyin to‘ylar va oilaviy tadbirlarni kamtarona va oqilona o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar xalqimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. 

Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimlarini tartibga solish, masalan, to‘y kortejlari sonini cheklash, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va milliy an’analarga mos ravishda o‘tkazish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda. Ba’zi hududlarda mahalliy kengashlar tomonidan to‘ylarning tartibini belgilash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. 

Madaniyat vazirligi loyihaning har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, kelgusida xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Yetuk olimlar, san’at va madaniyat namoyandalarining to‘ylarni ixcham va chiroyli o‘tkazish, xalqimiz qadriyatining chinakam ko‘zgusiga aylantirishga qaratilgan tavsiya va takliflari hujjatning yanada mukammal tayyorlanishiga munosib hissa qo‘shadi. 

Sirojiddin O‘SAROV,

jurnalist.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘ylar – go‘zal qadriyat bo‘lishi bilan birga, ma’naviyatimiz, madaniyatimizning muhim ko‘zgusi