1972 yilda Veneraga uchirilgan sayyoralararo kosmik apparati — «Kosmos-482» yaqin kunlarda yerga qulab tushishi kutilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi. Qurilma texnik nosozlik sababli o‘z vazifasini bajara olmagan va orbitada qolib ketgan.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, modul yer orbitasida 50 yildan beri harakatlanmoqda. Uning og‘irligi 495 kg bo‘lib, yerga 8–14 may kunlari orasida tushishi taxmin qilinmoqda. Aniq tushish joyi noma’lum, ammo ehtimoliy hududlar qatoriga Misr, Suriya, Turkiya va Ozarbayjon kiradi. Agar qurilma atmosferadan to‘liq o‘tib tushsa, u soatiga 242 km tezlikda yerga uriladi. Zarba kuchi 1,1–1,2 megajoulni tashkil etadi — bu yuzlab gramm trotil portlashi kuchiga teng.
«Kosmos-482» — «Venera-8» apparatining zaxira nusxasi bo‘lib, 1972- yilning 31 martida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan edi. Asosiy apparat muvaffaqiyatli tarzda Veneraga yetib borgan, «Kosmos-482» esa orbitada qolgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AJ_PcddmTjM?si=OGKM7i5YEqvg6CeZ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA