Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida 64 ta, filiallari bilan hisoblaganda 80 ta Kasbiy ko‘nikma markazlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalar yiliga 250 ming o‘quvchini tayyorlash imkoniyatiga ega.

Xuddi shunday kasb-hunarga o‘qitayotgan tashkilotlardan biri – Urganch shahrida yangi tashkil etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi. Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICAning 9 million dollarlik grant mablag‘lari hisobidan qurilgan mazkur majmuada ham bo‘ldi.

Qayd etish kerak, markaz yiliga 300 nafar tinglovchini 6 oylik kasbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qitish imkoniyatiga ega. Prezident o‘quv-mashg‘ulot xonalarini kirib ko‘rdi. Mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov O‘zA muxbiri bilan suhbatda muassasa faoliyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar xususida fikr bildirdi. Shuningdek, vazir davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarga alohida to‘xtaldi:

– Prezidentimiz Urganch shahrida yangidan tashkil etilgan Xorazm viloyati Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, 10 ta yo‘nalishda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan ham uchrashdi, – deydi Botir Zohidov. – Davlatimiz rahbariga KOICA bilan birgalikda tashkil etilayotgan beshinchi loyiha faoliyati, jumladan, o‘quv kurslari haqida batafsil ma’lumot berdik.

Tashrif doirasida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar oldik: o‘qituvchilar salohiyatini rivojoantirish, o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, jahon standartlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtirish zarurligi ta’kidlandi.

KOICA bilan yana bir muhim loyihani amalga oshiryapmiz. Jumladan, Respublikadagi barcha Kasbiy ko‘nikmalar markazlari o‘qituvchilari malakasini oshirishga qaratilgan dastur ishlab chiqqanmiz, bu sentyabr oyida ishga tushishi rejalashtirilgan. Prezident qator mamlakatlar singari bizning davlatimizda ham elektromobillarga ehtiyoj va e’tibor ortib borayotganini, ammo bu borada hali mutaxassislar yetishmasligini ta’kidlab o‘tdilar. Ushbu markaz aynan shu sohada malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Videolavhani O‘zAning YouTube ijtimoiy tarmog‘ida tomosha qiling.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7YRjnJPIqWw" title="Botir Zohidov: Kasbiy ko`nikma markazlarida yiliga 250 ming o`quvchi tayyorlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Botir Zohidov: Kasbiy ko‘nikma markazlarida yiliga 250 ming o‘quvchi tayyorlanadi (+video)