Toshkent shahrida "Biznesni Rivojlantirish Banki" ATB tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi mikromoliya tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bank Boshqaruvi a’zolari, tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqanlar bank tizimidagi yangilanishlar va xizmatlar ko‘lami hamda sifatining zamon talablariga mos ravishda doimiy ravishda takomillashib borayotganini ta’kidladilar. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 noyabrdagi PQ-364-sonli qaroriga binoan, tijorat banklariga mikromoliya xizmatlarini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur topshiriqni amalga oshirish maqsadida "Biznesni Rivojlantirish Banki" ATB tomonidan yangi mikromoliya kompaniyasi tashkil etildi. Yangi tashkilot yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hamda barcha turdagi kichik biznes sub’ektlariga mikromoliya xizmatlari ko‘rsatadi. Bu jarayonda jismoniy shaxslar ham o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq qilish uchun moliyaviy ko‘mak orqali bevosita ishtirok etishlari mumkin.

Tadbirkorlar uchun 100 million so‘mgacha bo‘lgan mikrokreditlar garovsiz, 300 million so‘mgacha bo‘lgan mikroqarzlar esa ta’minot asosida ajratilishi belgilangan.

Ta’kidlash joizki, Markaziy bank Boshqaruvining 2025 yil 7 fevraldagi qaroriga asosan "Biznesni Rivojlantirish Mikromoliya Tashkiloti" MCHJ mikromoliya tashkiloti sifatida №127-son bilan davlat reyestriga kiritildi. 

Marosim ishtirokchilari tashkilotda yaratilgan sharoitlar va taklif etilayotgan xizmatlar bilan bevosita tanishdilar.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda yangi mikromoliya tashkiloti ochildi