Hududlarda zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarining5 may kungi holatiga ko‘ra respublikamiz bo‘yicha 237 ming 150 gektar maydonda ushbu hasharot tarqalgani aniqlandi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda 209 ming 305 gektar maydonda kimyoviy kurash tadbirlari o‘tkazilgan.

Ayni vaqtda kuchaytirilgan nazorat ishlari Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida asosiy o‘choqlar bartaraf etilishiga erishildi. Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatlarida kimyoviy ishlov berish ishlari davom etyapti.

Kuzatuv va nazorat tadbirlariga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ham jalb etilgan va ular tomonidan hasharotlarning ko‘payish xususiyatlari o‘rganib chiqilmoqda. Natijada hasharotlarga qarshi kurash muddatlarini belgilash hamda kelgusida ularga qarshi takomillashtirilgan va ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida saksovul bukri chigirtkasiga qarshi kurash tadbirlari boshlandi. Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayni vaqtda kuzatuv tadbirlari davom etyapti. Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlaridan zararli chigirtka uchib o‘tish xavfi mavjudligi sababli chegaradosh hududlarda nazorat ishlari kuchaytirilgan.  

Kimyoviy kurash tadbirlarini samaralari olib borish maqsadida barcha viloyatlarda FVV xodimlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Joriy yilda 608 ming gektardan ortiq maydonda zararli chigirtka tarqalishi prognoz qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatgich havo harorati, namlik, iqlim tufayli o‘zgarishi mumkin.  

Mavsumni betalofat o‘tkazish uchun chigirtkaga qarshi kurash xizmatlari tunu kun faoliyat yuritishmoqda. Kuzatuv va qarshi kurash tadbirlariga respublika bo‘yicha jami 650 nafardan ortiq mutaxassis jalb etilgan.

Kurash tadbirlari olib borilayotgan hududlarda karantin inspektorlari ham chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarida faol ishtirok etayotir.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/I0vay-MYVqU" title="Chigirtkaga qarshi “Dolzarb 20 kunlik” davom etyapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chigirtkaga qarshi “Dolzarb 20 kunlik” davom etyapti (+video)