TechCrunch ning ma’lumotlariga ko‘ra, Google Playdagi ilovalar soni 3,4 milliondan 1,8 milliongacha kamaygan. Bu esa do‘kondagi dasturlar katalogi deyarli yarmiga – 47 foizga qisqarganini anglatadi.Shunga qaramay, mutaxassislar bu o‘zgarishlar mobil ilovalar bozoriga salbiy ta’sir qilmasligini ta’kidlashmoqda. Solishtirish uchun, xuddi shu davrda Apple'ning App Store platformasida ilovalar soni biroz oshib, 1,6 milliondan 1,64 millionga yetgan.

Google bu o‘zgarishlarga ijobiy baho bermoqda. Foydalanuvchilar endi firibgar ilovalar, spamlar va past sifatli dasturlarga kamroq duch kelmoqda. Vijdonli dasturchilar uchun esa raqobat ancha sog‘lom va adolatli tus olgan. Avvallari Google Playda ilovalarni joylashtirishda qat’iy tekshiruv bo‘lmagan, bu esa ko‘plab sifatsiz dasturlarni do‘konga kirib kelishiga sabab bo‘lgan edi. Apple esa, aksincha, har doim qat’iy nazoratga tayanib kelgan.

2024-yil iyul oyidan boshlab Google ilovalar sifatiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi. Endilikda faqat nosoz dasturlar emas, balki to‘liq ishlamaydigan yoki yetarlicha funksiyaga ega bo‘lmagan loyihalar ham platformaga qabul qilinmaydi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/i35ZB2tBLiA?si=87FSRkN-5WQbX9P8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Google Play millionlab ilovalarni olib tashladi