Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilarning 15 nafar farzandiga 2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga kvota asosida qabul qilinishi uchun tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Bu imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshirildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, tavsiyanomalar faqatgina yoshlarga oliy ta’lim eshiklarini ochish bilan cheklanib qolmay, balki ularning ta’lim olish orqali yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari uchun ham mustahkam zamin yaratadi.

Tantanali marosimda Guliston harbiy prokurori, adliya podpolkovnigi Farrux Jo‘rayev,  “Do‘stlik” ordeni sohibi, yozuvchi va shoir Ali Nasirli so‘zga chiqib,  qatnashchilarni tabriklashdi. Shuningdek,  harbiy xizmatchilarning og‘ir va mas’uliyatli xizmatini yuksak baholar ekan, ularning farzandlari ham kelajakda yurt ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildirishdi.

– Bu tavsiyanoma farzandlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga, biz  xizmatchilar uchun ham katta mas’uliyat yuklaydi. Biz qanday natijaga erishmaylik, faqat o‘zimizga emas, kelajak avlodga xizmat qilishni unutmasligimiz kerak, – dedi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining moddiy-texnik ta’minot guruhi boshlig‘i Dilbar Soqiyeva.

Bunday tadbirlar harbiy xizmatchilarning jamiyatdagi o‘rni, ularning oilalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosati amalda o‘z ifodasini topayotganini ko‘rsatadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylarning farzandlariga tavsiyanomalar berildi