Mamlakatimizda asosiy aholi qatlami ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi. Zamon talablari asosida ularga qulaylik va xavfsiz sharoit yaratish muhim.

Ammo bugungi jadal rivojlanish bosqichlarida ham faoliyatini yaxshilashga urinmaydigan, xalq xohish-irodasini inobatga olmayotgan boshqaruv tashkilotlari ham bor.   

O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga kelib tushgan murojaat asosida Uchtepa tumani 24-mavze Vatanparvar mahallasi 21 va 23-uyda o‘rganish ishlari olib borildi.   

Fuqarolar “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozilik bildirdi. Guvohi bo‘lganimizdek, uylarning texnik holati qoniqarsiz, aholi murojaatlariga esa umuman e’tibor qaratilmaydi.   

– Ushbu hududda 10 yildan buyon yashayman, – deydi fuqarolardan biri. – Bizga xizmat ko‘rsatadigan “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkati o‘z vazifalarini bajarmaydi. Faqat pul yig‘ish bilan ovora. Ushbu shirkatning biror joyni ta’mirlaganini, ko‘p qavatli uyning atrofini tozalaganini ko‘rgan emasmiz. Shirkat rahbariga bu borada ko‘p marotaba qo‘shnilarimiz bilan murojaat qilganmiz. Shirkat rahbari doim hisoblarida pullari yo‘qligini aytib, noliydi.   

– Aslini olganda, har bir shirkat shu uyda istiqomat qiluvchi aholi bilan birgalashib, kelasi yil qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtirishi, shu rejadan kelib chiqib, ketadigan xarajatlar smetasini tuzishi kerak emasmi!? Bizga xizmat ko‘rsatayotgan “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkatiga har oy to‘layotgan pullarimiz qayerga ketayotganini kimdir nazorat qiladimi? Shu paytgacha yil oxirida to‘plangan pul, qilingan ishlar va xarajatlar bo‘yicha a’zolarga hisobot berilmagan, – deydi shu manzilda yashovchi fuqarolardan yana biri.   

O‘rganish jarayonida Uchtepa tumani 21 va 23-24-mavzedagi ko‘p kvartirali uy-joylardagi kommunal xizmatlar, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit ko‘zdan kechirilib, qator kamchiliklar aniqlandi. Fuqarolar ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida doim quvurlar yorilib, suv toshqini bo‘lishi, uylarning atrofi chiqindilardan tozalanmasligi, ko‘p qavatli uyning tomidan yog‘ingarchilik mavsumida suv o‘tib, muammo bo‘layotganini bildirdi.   

Xonadonlar egalarining aytishicha, bu bo‘yicha tumanda bormagan yoki murojaat qilmagan tashkiloti qolmagan. Hatto, o‘zlari pul yig‘ib, yerto‘lani va ko‘p qavatli uylar atrofini yollanma ishchilarga tozalatgan paytlar bo‘lgan.   

Darhaqiqat, ko‘p qavatli uylarning atrofi chiqindiga to‘lgan, yurish yo‘laklaridagi qoplamalar yorilgan, bino eshigi ta’mirtalab ahvolda, hovlidagi yo‘laklar o‘nqir-cho‘nqir, ta’mirtalab. “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkati ishchilarining e’tiborsizligi tufayli hovlidagi ba’zi yoritish chiroqlari yonmaydi.   

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/fNb-pzNYHkQ" title="Fuqarolar uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Holatni o‘rganish jarayonida ikkinchi tomon, ya’ni “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbariga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, bazo‘r bog‘landik. Shirkat rahbari ish bilan shahardan uzoqroqqa chiqib ketganini ma’lum qilib, ishchi-xodimlaridan birini yuborishini aytdi. Biroq ko‘p kutishimizga qaramasdan aytilgan xodim kelmadi...   

Ushbu ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini qiynab kelayotgan masala yuzasidan tegishli tashkilotlardan rasmiy munosabat kutib qolamiz. Shuningdek, uylarning texnik va sanitar holati tegishli tartibda o‘rganib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.   

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozi: Atrofi chiqindiga to‘lgan uylar, eshigi ta’mirtalab binolar, o‘nqir-cho‘nqir yo‘laklar...(+video)