“Gilos yetishtirish faqat daromad manbai emas, balki mehnat orqali salomatlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda”, - deydi quvalik  tajribali mirishkor Qayumjon ota Hakimov. Qayumjon ota Hakimov 73 yoshni qarshi olmoqda. 

U Quva tumani Turk mahallasi hududida joylashgan qir-adirlar bag‘ridagi qarovsiz va toshli yerlarni o‘zlashtirib, bog‘ yaratgan. Bog‘ida esa ayni kunda pishib yetilgan giloslarni eksport uchun terib olishmoqda. 

Bog‘da muntazam tarzda keksaygan daraxtlar o‘rni yosh nihollar bilan to‘ldirib boriladi. Bu esa hosildorlikni oshirishda muhim o‘ringa ega bo‘layotir. E’tiborlisi shundaki, gilos yetishtirish faqat daromad manbai emas, balki mehnat orqali salomatlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Tayyor mahsulotni xorij bozorlarga yetkazish ko‘proq daromad keltiradi. Shuning uchun Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tegishli xodimlari tomonidan bog‘bonlarga va eksportyorlarga yaqindan ko‘mak va zarur maslahatlar berib boriladi.

[gallery-23159]

Farg‘ona viloyatida gilos yetishtirishning yuqori darajada tashkil etilgani va eksport jarayonlarining samarali yo‘lga qo‘yilayotgani so‘nggi yillarda viloyatni mamlakatdagi gilos eksporti bo‘yicha ilg‘or hududga aylantirmoqda. Mutasaddilar ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda Hindiston, Xitoy, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarga 15 ming tonnaga yaqin gilos eksport qilingan. Bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishi va eksport salohiyatining oshishiga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/5ngjIBYpl1c" title="Respublikada birinchilardan bo‘lib Farg‘onada gilos eksporti boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV (surat, video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikada birinchilardan bo‘lib Farg‘onada gilos eksporti boshlandi (+video)