Bugun, 3 may kuni O‘zbekiston Superligasining 8-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Unda OKMK – "Andijon", "Surxon" – "Paxtakor" hamda "Buxoro" – "Mash’al" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Tur doirasidagi eng muhim o‘yinlardan biri OKMK va "Andijon" o‘rtasida kechadi. Gap shundaki, kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda turnir jadvalidagi yetakchilar — "Nasaf" va "Bunyodkor" kutilmaganda ochko yo‘qotdi. Xususan, "Xorazm" o‘z maydonida "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, "Bunyodkor" poytaxtda "Qo‘qon-1912"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Natijada, "Nasaf" ochkolarini 18 taga yetkazib, birinchi o‘ringa chiqdi. "Bunyodkor" esa 15 ochko bilan uchinchi pog‘onaga tushib qoldi. OKMK ayni damda 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va bugun "Andijon" ustidan g‘alaba qozonsa, Superliganing peshqadamiga aylanishi mumkin.

Bu ikki jamoa o‘rtasidagi tarixiy qarama-qarshilik ham qiziq: ular O‘zbekiston chempionatida jami 26 bor to‘qnash kelgan. Shulardan 17 ta o‘yinda OKMK g‘alaba qozongan, "Andijon" esa 4 marta zafar quchgan. 5 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati esa 50:31 OKMK foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, OKMK – "Andijon" uchrashuvi 3 may kuni soat 19:30 da, "OKMK sport majmuasi" stadionida boshlanadi.

Shuningdek, bugun "Surxon Arena" stadionida soat 20:15 da "Surxon" va "Paxtakor" o‘rtasidagi bahs ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu ikki jamoa hozirgacha O‘zbekiston chempionatlari doirasida 36 bor uchrashgan: ulardan 27 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan, "Surxon" esa 6 marta zafar quchgan. 3 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati – 110:31 "Paxtakor" foydasiga.

Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, "Surxon" o‘z maydonida o‘tkazgan so‘nggi ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan. Shu sababli bugungi bahs ham keskin va murosasiz kechishi kutilmoqda.

Yana bir uchrashuvda Muborakning "Mash’al" jamoasi Buxoroning "Buxoro" klubiga qarshi maydonga tushadi. Toshkentdagi "Jar" stadionida soat 18:00 da start oladigan bellashuvni bosh hakam Ibrohim Ismoilov boshqaradi. Unga qanotlarda Islom Azizov va Sherzod A’zamov yordam beradi. Zaxira hakam sifatida Diyor Temirbekov tayinlangan.

Mazkur jamoalar shu kungacha oliy liga doirasida 34, Pro-ligada esa 8 bor, jami 42 marta o‘zaro uchrashishgan. Bu bahslarning 19 tasida "Mash’al" g‘alaba qozongan, 10 tasida "Buxoro" ustun kelgan. 13 o‘yin durang bilan yakunlangan. Umumiy to‘plar nisbati – 59:43 "Mash’al" foydasiga.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK bugun Superliga peshqadami bo‘lishi mumkin