Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning natijasida birgina Andijon viloyatida xitoylik tadbirkorlar, investorlar tomonidan yuzlab loyihalar amalga oshirilmoqda. Har ikki davlat uchun foydali bo‘lgan hamkorlik ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida Xitoy safarida bo‘lib turgan viloyat delegatsiyasi Xitoy davlatining yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, yangi-yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.  

Jumladan,  viloyat hokimi “Nanning Jianning Water Investment Group Co. Ltd.” kompaniyasi rahbariyati bilan suv ta’minoti, oqova suvlarni tozalash, suv ekotizimlarini tiklash, qattiq chiqindilarni qayta ishlash, adirliklarga suv chiqarib, intensiv bog‘lar yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Natijada ana shu yo‘nalishlarda umumiy qiymati 200 million dollarga teng qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.  

Andijon viloyati Xitoyning Shinjon provinsiyasi bilan birodarlashgan hudud maqomida iqtisodiyot, madaniyat, turizm, ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, safar doirasida Andijon delegatsiyasi Shinjon provinsiyasida bo‘lib, Xitoyning “Jang Shiao Fan” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar bilan Andijonda qiymati 20 million dollarlik besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan investitsion loyiha muhokama qilindi. Ushbu loyiha doirasida hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi.  

Shuningdek, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Urumchi shahrida  “Xinjiang Qianyun Kunyu Construction Engineerin Co. Ltd” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, Andijonda transformator ishlab chiqarish loyihasi yuzasidan muzokara olib bordi. Yakunda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha 50 million dollarlik kelishuvga erishildi.

Andijon viloyati delegatsiyasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi ishbilarmonlar bilan uchrashib, qator yo‘nalishlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.  

Agrar sohani isloh qilishning o‘ziga xos yo‘lini tanlagan Xitoy  qishloq xo‘jaligida ulkan yutuqlarga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur mamlakatning ilg‘or tajribalarini joriy etish orqali Andijonning agrar salohiyati imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish masalalari xususida fikr almashildi.  

Uchrashuvlar davomida kelgusida Andijon viloyatida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olinib, “Do‘stlik memorandumi” imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyat delegatsiyasi Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Xitoy iqtisodiy forumi hamda Guanjoda o‘tgan O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumida ham ishtirok etdi. Ana shu tadbirlar doirasida ham qator kompaniyalar vakillari, investorlar bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Andijonda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik yanada kengayadi, yaqin yillar ichida xitoylik investorlar ishtirokida yangi-yangi loyihalar ishga tushiriladi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi-yangi loyihalar amalga oshiriladi