O‘zbekistonning durdona shaharlaridan biri, ochiq osmon ostidagi muzey deb e’tirof etilgan qadimiy Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillari, dunyoning qirqdan ziyod davlatidan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san’at arboblari ishtirok etdi.

Festival YUNESKO va AYSESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar shafeligida o‘tkazilagani bu san’at bayramining xalqaro ahamiyatini yanada oshirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning festival ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida e’tirof etilganidek, xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgan mazkur anjuman bu yil ko‘hna Sharq gavhari – betakror Xorazm diyorida o‘tkazilgani unga o‘zgacha ruh va mazmun bag‘ishladi. Bu o‘lkaning dostonchilik maktabi g‘oyat qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, “Lazgi” kabi dunyoga mashhur mumtoz kuy-qo‘shiqlari, go‘zal raqslari aynan shu azim daryodan oziqlanib kelmoqda, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu qutlug‘ zamindan yetishib chiqqan O‘zbekiston xalq baxshilari “Bola baxshi” – Qurbonnazar Abdullayev, “Qalandar baxshi” – Ro‘zimboy Normatov, Abdulla Qurbonnazarov, Yetmishboy Abdullayev kabi yorqin ovoz va iste’dod sohiblari tomonidan yuksak pardalarda kuylangan “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Go‘ro‘g‘li”, “Avazxon”, “Alpomish” va “Xirmondali” kabi xalq dostonlari milliy madaniyatimizning o‘lmas durdonalari sifatida ma’naviyatimiz xazinasidan mustahkam joy egallaganini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz va baxshichilik san’atining bugungi davomchilariga ijodiy yutuq va ravnaq tilaymiz.

Darhaqiqat, yurtimiz tamaddunida baxshichilik san’ati alohida o‘rin egallaydi. Baxshichilik — asrlar davomida xalqimizning musiqa va folklor an’analarini avloddan avlodga yetkazayotgan milliy san’at turlaridandir. Zotan, har qanday millatning asl tarixi va madaniyati, birinchi navbatda, og‘zaki ijodiy ishi, folklori, xalq eposi bilan ifodalanadi. Folklor bu milliy qadriyatlar va an’analarni saqlash hamda rivojlantirishda bebaho manbadir. 

Shuning uchun ham Prezidentimizning 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan yurtimizda har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi. 

Shu asosda 2019 yilning 510 aprel kunlari I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Termiz shahrida, II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali 2021 yil 1720 sentyabr kunlari Nukusda, III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali 2023 yil 68 may kunlari Guliston shahrida o‘tkazildi. Zero, ulg‘ayib kelayotgan yoshlar zamonaviy bilimlar, ilg‘or texnologiyalar, bir nechta xorijiy tillarni egallashi bilan birga kimlarning avlodlari ekanini, o‘z ma’naviy ildizlarini, qanday boy va betakror merosning egasi ekanliklarini teran anglashi, bu merosni avaylashi muhimdir. 

YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan baxshichilik san’ati umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan. Eng muhimi, xalqimizning milliy o‘zligini, an’analarini o‘zida mujassam etgan bu yuksak san’at turining ma’naviyatimiz, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni beqiyosdir. 

Bunday muhtasham tarix va bebaho madaniy meros – o‘zbek baxshichiligining dunyoda, ayniqsa, Turkiy dunyodagi o‘rni beqiyosligi uchun ham qardoshlarimizning mazkur festivalga ehtiromi juda yuksak. 

Festival doirasida o‘tkazilgan IV Turkiy dunyo madaniyati forumi hamda Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Gabil o‘g‘li, TURKSOY Bosh kotibi Sultonbay Akimovich, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Rahmatullayevna, Xalqaro turkiy akademiya prezidenti Shahin Abdulloh o‘g‘li, Turkiy davlatlar parlament assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Qirg‘iz  madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Gulbara Kadirbekovna va boshqa mehmonlarimiz ishtirok etdi. 

Mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan ziyolilari bilan  birga, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Iordaniya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya kabi 40 dan ortiq davlatning oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda fan, ta’lim, madaniyat, san’at va adabiyot sohalaridagi yetuk olimlari, taniqli mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. 

Shu o‘rinda qayd etib o‘tish kerakki, festivalning YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xivada o‘tkazilgani alohida ramziy ma’no kasb etdi. Zero, bu go‘zal shahar 2020 yilda “Turkiy dunyoning madaniy poytaxti”, 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” sifatida e’tirof etilgan. Xiva – nafaqat umumjahon merosiga taalluqli noyob tarixiy obidalar, balki qadimdan ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot rivojida katta o‘rin tutgan muhim manzillarimizdan biridir. 

E’tirof etish o‘rinliki, keyingi yillarda qardosh o‘lkalarda tashkil etilayotgan yirik anjumanlar, ularda ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar ma’naviy birligimizni ta’minlash, mushtarak qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqlarimiz o‘rtasidagi rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jumladan, Ozarbayjonning Shusha shahrida o‘tkazilgan Birinchi turkiy dunyo madaniyati forumi do‘stona aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston turkiy mamlakatlar doirasidagi tadbirlar va loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Yurtimizda bu borada madaniyat va san’at kunlari, yoshlar va teatr festivallari, ijodiy forumlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Turkiy tillar va adabiyotlar rivojiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarda mamlakatimiz olim va ijodkorlari faol qatnashmoqda. Ana shu hamkorlikning amaliy samarasi sifatida “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumi o‘zbek tilida nashr etildi. Unga O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlaridan jami 450 dan ziyod mumtoz va zamonaviy shoir, adib va mutafakkirlarning asarlari kiritildi. 

Majmuaning “Umumturkiy adabiyot namunalari” deb nomlangan dastlabki 5 jildini qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy va Nosiriddin Rabg‘uziy asarlari tashkil etgan bo‘lsa, “O‘zbek adabiyoti namunalari” deb nomlangan jildlaridan Alisher Navoiydan boshlab to bugungi kunga qadar qalam tebratib kelayotgan o‘zbek adabiyoti namoyandalarining durdona asarlari o‘rin olgan.

O‘zbekiston yetakchisining tashabbusi bilan turkiy dunyoning siyosat, ilm-fan, tibbiyot, adabiyot va san’at sohalarida ulkan yutuqlarga erishgan namoyandalarini rag‘batlantirish maqsadida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgani ham madaniy hayotimizda muhim voqea bo‘ldi.

Yana bir muhim jihat: yaqin vaqt ichida O‘zbekiston Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasiga to‘laqonli a’zo bo‘lib kiradi. Hozirda bu borada amaliy ishlarga kirishilgan. Bu moddiy va nomoddiy madaniy merosimizni asrab-avaylash, ilmiy tadqiq etish va keng targ‘ib etishda yangi ufqlar ochishi shubhasiz.

Bugungi globallashuv davrida, inson madaniyati va ma’naviyatiga, ayniqsa, yoshlar ongiga turli tahdidlar kuchayib, asl san’at o‘rnini “ommaviy madaniyat”, ta’bir joiz bo‘lsa, “madaniyatsiz madaniyat” egallab borayotgan hozirgi sharoitda mumtoz san’atni, xalq ijodiyotining nodir namunalarini asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish o‘ta muhim masaladir.

O‘zbekistonda xalq og‘zaki ijodining go‘zal va betakror namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini asrash, rivojlantirish va  ommalashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Termiz shahrida Respublika baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Nukus shahrida opera va baxshichilik maktab-internati faoliyat ko‘rsatmoqda. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida mazkur yo‘nalishda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda.

Baxshichilik san’atining badiiy an’analarini saqlash maqsadida 10 ta doston va  termalarning “Oltin fondi” yaratildi. 

Bu galgi festival doirasidagi yalpi va sho‘’ba majlislarida turkiy dunyo madaniyati, O‘zbekistonda baxshichilik san’ati rivojiga oid muhim tashabbuslar, takliflar ilgari surildi, mahorat darslari o‘tkazildi. 

Xiva festivalida baxshilar, oqinlar, musiqashunoslar va folklorshunoslar o‘z milliy san’at namunalarini namoyish etib, turkiy xalqlar madaniy merosining boy va betakror qirralarini dunyoga ko‘rsatdi.

Festival doirasida o‘tkazilgan tanlov bo‘yicha eng faol ishtirokchilar, baxshilar va dostonchilar taqdirlandi.  Yurtimiz va xorijdan tashrif buyurgan san’at vakillariga maxsus sertifikatlar, faxriy yorliqlar va sovg‘alar topshirildi. 

IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali nafaqat xalq ijodining bebaho durdonalarini sahnaga olib chiqdi, balki yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, baxshichilik maktabini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida ham muhim qadam bo‘ldi.

Ozodbek Nazarbekov,

O‘zbekiston madaniyat vaziri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozodbek Nazarbekov: “Baxshichilik san’ati sadosi Xivadan dunyo bo‘ylab taraldi”