Xorazm viloyati o‘zining qadimiy tarixi va madaniy merosi bilan dunyo xalqlari orasida nom qozongan. So‘nggi yillarda hudud iqtisodiy jihatdan ham jadal rivojlanib bormoqda. O‘tgan yil Turkiya, Xitoy, Germaniya, Eron va Rossiya kabi qator davlatlardan 643,3 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilgan. Viloyatning yangi korxonalarning asosiy yo‘nalishlari an’anaviy ravishda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati hisoblanadi. Shuningdek, tayyor kiyim-kechak, mebel, qurilish materiallari, plastik va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlar ham rivojlanmoqda.

Mahalliylashtirish dasturlari doirasida import o‘rnini bosuvchi loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi texnologiya va tarkibdagi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlari hudud iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega. 

Bir so‘z bilan aytganda, Xorazm viloyatiga jalb qilinayotgan investitsiyalar ko‘lami kengayib bormoqda. 

Fikrimizga misol tariqasida Urganch tumanida joylashgan “Tillo Domor” xususiy korxonasi faoliyatini e’tirof etish mumkin. Sutni qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan mazkur tadbirkorlik sub’ekti keyingi yillarda yanada rivojlandi. Turkiya, Xitoy va Bolgariya kabi davlatlardan yangi texnologik uskunalar olib kelindi. Natijada sex va infratuzilmalar shu yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushirildi. 

Bugungi kunda umumiy qiymati 11 million dollarni tashkil etadigan loyiha 1,5 gektar maydonga joylashtirilgan. Korxonada 100 nafar doimiy ish o‘rni yaratilgan va yiliga 100 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjud. 

O‘tgan yil 47 milliard so‘mlik tovar ishlab chiqarilgan ob’ektda hozir 50 turdan ziyod sut mahsulotlari tayyorlanadi. Xomashyo asosan mahalliy chorvachilik fermalari va aholi tomonidan yetkazib beriladi. Har kuni yuzdan ortiq ferma va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan aholidan sut qabul qilinadi. Bu jarayon 60 ta mahallaga xizmat ko‘rsatayotgan 34 ta sut qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi. 

Korxona rahbari Feruzbek Quronboyev joriy yil 2,5 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilganini ta’kidladi. Mazkur loyiha xususiy sektorning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdagi faol ishtirokini namoyon etuvchi muhim namuna hisoblanadi. 
Korxona faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus lavhani O‘zAning YouTube tarmog‘ida tomosha qiling. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WPQHOJ-fxgs" title="Xorazmda aholi daromadini oshirishga xizmat qilayotgan loyihalar ko‘paymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda aholi daromadini oshirishga xizmat qilayotgan loyihalar ko‘paymoqda (+video)