Milliy liboslarimiz har qanday yoshda ham xotin-qizlarimizga o‘zgacha ko‘rk va joziba baxsh etadi. Shu bois tabiatning bor ranglarini o‘zida mujassam etgan atlasu adras matolari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, bahoriy kayfiyat uyg‘otadi.

O‘zmilliybank xodimlari haftaning har juma kunini ana shunday o‘zgacha kayfiyat va taraddud bilan qarshi olmoqda. Buni mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonidan tortib, har bir amaliyot hamda yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan bank xodimlari misolida ham ko‘rish mumkin.

Binobarin, milliylik asriy qadriyatlarimizning umrboqiyligidan darak. Jamoamiz esa uni davom ettirishda hissa qo‘shayotganidan behad mamnun.

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zmilliybank” AJ: qadriyatlarga sadoqatlimiz