Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi tog‘ yonbag‘irlariga 172 dona toshbaqa tabiatga qo‘yib yuborildi.
Mazkur xayrli ish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent hayvonot bog‘i hamda Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.
Toshbaqalar avvalroq, brakonerlar tomonidan noqonuniy ravishda ovlangan, ularning sog‘lig‘i tiklangandan so‘nggina tabiat bag‘riga qaytarilgan.
Avvalroq, 15 mart kuni Ekologiya vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda shahar Ekologiya boshqarmasi o‘rtasidagi qo‘shma reydda 35 dona cho‘l toshbaqasining noqonuniy sotilayotgani aniqlangan edi.
Ular daliliy ashyo sifatida musodara qilingan va keyinchalik sog‘lomlashtirish uchun maxsus sharoitda saqlangan.
Bu kabi ezgu ishlar tabiat va bebaho bioxilma-xillikni asrashga xizmat qiladi.
M.Eshmirzayeva, O‘zA