«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida xalqimizning erkin va farovon yashashini ta’minlash, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadga qaratilgan qonun hujjjatlari sifati oshirilmoqda. 2025 yil 10 aprelda kuchga kirgan “Qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga qaratilgan. 

– Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish – aholining xohish-istaklarini, orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni to‘g‘ri va samarali olib borishda muhim ahamiyatga ega, – dedi Oliy Majlis Senati a’zosi Zumrad Bekatova. – Bu yo‘nalishda umume’tirof etilgan xalqaro amaliyotni va milliy tajribani hisobga olgan holda samarali mexanizm yaratish hamda qonun hujjatlarining sifatini oshirib borish zarur.

Qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda aholining, keng jamoatchilikning bildirgan fikrlari va pozitsiyalarini o‘rganish hamda ularni inobatga olish – jamiyat va davlat hayotiga oid strategik qarorlar qabul qilishda o‘ta muhimdir.

Aytib o‘tish kerakki, qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritganda, xalqaro shartnoma loyihasi (matni)ning huquqiy ekspertizasi natijalari, qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari, qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar ham qo‘shiladi.

Shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida qonunlar loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Yangi qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida” qonunning 12-moddasiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qo‘shimcha ravishda kiritildi.  

Bular: xalqaro shartnoma loyihasi (matni)ning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha ushbu vazirlikning xulosasi – xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qo‘shilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun.  

Xalqaro shartnoma loyihasi (matni)ning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha ushbu vazirlikning xulosasi – xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qo‘shilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun; qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa; qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida to‘ldirilgan cheklist; qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari to‘g‘risidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi majburiy bo‘lmagan qonun loyihalari mustasno.

Qonunning 15-moddasiga qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ekti o‘zi kiritgan qonun loyihasini qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli ekanligiga oid norma kiritildi. Bunda qonun loyihasini chaqirib olish to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunning qonun loyihasini tayyorlash tartibini ifodalovchi 9-moddasi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega qonun loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi. Jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olingan holda qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Qonunning 14-moddasi ikkinchi qismida qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati ko‘rib chiqilishi va mazkur axborot qonun loyihasining tushuntirish xatida ko‘rsatilishi kerakligi belgilandi.  

Qonunning 19-moddasi to‘qqizinchi qismiga ko‘ra, qonun loyihasida nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilar qonun loyihasining o‘zida belgilanishi kerak.

Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran besh yil o‘tgach, mas’ul davlat organlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining tashabbusiga ko‘ra qonunning samaradorligi, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilishi mumkin. Mazkur jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarni ham jalb etish mumkin.

Yuqoridagilarga mos ravishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning Yagona uslubiyotiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

Qonun loyihasining tushuntirish xatida qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi kerak.  

Qonun qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlarning qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini mustahkamlashga, xalqchil hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator: qonun ijodkorligida sifatni oshirish, xalqchil hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar qabul qilish zarur