Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Joriy yilda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ulushini 35 foizga yetkazish, texnikumlardagi 6 ming bitiruvchining bandligini ta’minlash, texnikum va oliygohlarning 7 ming talabasini dual ta’limga qamrab olish, oliy ta’limning muhandislik, tibbiyot, iqtisodiyot, agrar yo‘nalishidagi 7 ta ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Urganch shahridagi tibbiyot oliygohida yiliga 1 ming 600 nafar vrach tayyorlanadi, 500 ta xususiy klinika faoliyat yuritayapti. Lekin, servisdagi tibbiy xizmatlar ulushi 2 foizga ham yetmaydi.

Shu munosabat bilan yil yakunigacha Shovot va Yangiariqda sog‘lomlashtirish xizmatlarini tashkil qilish topshirildi.

Urganch tumanidagi Adolat, Qo‘shko‘pirdagi Iftixor, Hazoraspdagi Yangibozor mahallalaridagi maktablar ikkidan yuqori koeffitsiyentda faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga bu yerda xususiy maktab ochish yoki qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Bu yili viloyatdagi 359 ta bog‘chani suv isitish tizimi geliokollektorlar bilan jihozlanishi, 420 ta ijtimoiy ob’ektdagi mingdan ortiq eskirgan isitish qozonlari yangilanishi belgilandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmdagi 420 ta ijtimoiy ob’ektdagi mingdan ortiq eskirgan isitish qozonlari yangilanadi