Xorazmda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Joriy yilda viloyatda 60 million dollarlik 56 ta loyihani ishga tushirish, 3 ming 400 gektar yerlarni qayta foydalanishga kiritish, 31 kilometr katta kanal va 1 ming 600 kilometr ichki ariqni betonlashtirish, 1 ming 200 gektar sanoatlashgan mevali bog‘larni tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Ekin ekishda suvni iqtisod qilish bo‘yicha Xorazm o‘z tajribasini yaratgani e’tirof etildi. Yerlarning 93 ming gektari lazerli tekislashga o‘tgan, 196 ming gektarga suv tejovchi texnologiya o‘rnatilgan.   

Ushbu ishlar hisobiga yiliga 1 milliard kub metr suv iqtisod bo‘lmoqda.   

Joriy yildan sholi maydonlarini lazerli tekislash uchun gektariga 1 million so‘mdan subsidiya berish boshlandi. Endi bu paxta va g‘alla maydonlari uchun ham joriy qilinishi belgilandi.   

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekin ekishda suvni iqtisod qilish bo‘yicha Xorazm o‘z tajribasini yaratgani e’tirof etildi