Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi.

Xorazmda kimyo sanoati bo‘yicha katta-katta loyihalar reja qilingan. Ularni amalga oshirish orqali tarmoq viloyatning “drayveri”ga aylantiriladi.

Shu yil Tuproqqal’ada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini qurishning (MTO) 1-bosqichi boshlanadi. Bunda yiliga 2 million tonna 14 turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, Hazoraspdagi 10 gektarda kimyo texnoparki tashkil etiladi, u yerda polimer mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar bo‘ladi.

Xorazmdagi 663 ta qurilish materiallari korxonasi o‘tgan yili 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, viloyatning “drayver” tarmoqlaridan biriga aylandi.

Buni yanada ko‘paytirib, 100 million dollarlik 40 ta loyihani boshlash, bu yil ishlab chiqarishni 1,5 trillion so‘mga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuproqqal’ada yirik gaz-kimyo majmuasini qurishning birinchi bosqichi boshlanadi