O‘tgan yili 311 ta korxona qariyb 300 milliard so‘mlik mebel ishlab chiqardi. Mebelchilikka ixtisoslashgan 9 ta mahallada 2 mingdan ortiq aholi band.

Xonqadagi 10 gektar yerda “Mebelchilik zonasi” tashkil etildi, 5 ta mahalladagi mebelchilar ushbu zonaga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda ustoz-shogird amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 3 qavatli o‘quv binosi ham qurildi.   

Mebelchilik maktabi uchun xorijdan dizayner, marketolog, injener-texnolog olib kelish topshirildi.   

Mebel korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun chetdan yog‘och va yog‘och materiallarini markazlashgan holda olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.   

Viloyatda yiliga 16 ming yangi oila paydo bo‘layapti, 7 mingdan ziyod xonadon qurilayapti, yana shunchasi ta’mirdan chiqarilayapti. Shu munosabat bilan mahalliy mebelchilarni yangi qurilayotgan uy egalari va developerlar bilan bog‘laydigan tizim yaratiladi.   

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi sakkiz yilda Xorazmda mebel sanoati 3 karra o‘sgan