FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasida, Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oralig‘ida shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga tomon Amudaryo sohiligacha cho‘zilgan Bobotog‘ning uzunligi qariyb 125 kilometr, eni 30-40 kilometr. Eng baland cho‘qqisi — Zarkosa 2 ming 290 metr.  

 Bobotog‘ning sharqiy yonbag‘ri tik va ensiz, tog‘oldi tekisliklari Kofarnihon daryosi terrasalarida joylashgan. G‘arbiy yonbag‘ri ancha yotiq va keng, asosiy qismi past tog‘lardan iborat. Bobotog‘ning yonbag‘irlari ko‘plab quruq soylar bilan parchalangan. Iqlimi quruq va keskin kontinental. O‘rtacha yillik havo temperaturasi tog‘ etaklarida 16°, o‘rtacha balandliklarda 8-10°. Yillik yog‘in miqdori 170 millimetrdan 350-400 millimetrgacha. Tog‘ yonbag‘irlarida buloqlar, qish va bahorda to‘lib oqib, yozda qurib qoladigan soylar bor. Bo‘z va jigarrang tog‘ tuproqlarida xilma-xil efemer, efemeroid o‘simliklar o‘sadi. 800-900 metr balandliklarda na’matak, zirk, bodom va pistazorlar uchraydi. Undan baland joylarida (Besharcha, Zarkosa tog‘lari) archazorlar bor. Bobotog‘ O‘zbekistonning yovvoyi tog‘ echkilari yashaydigan manzillaridan biri.

[gallery-23131]

Tog‘ oldilari yaylov. Bobotog‘ning Kofarnihon vodiysida sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan. Bobotog‘da inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida eroziya, yaylov degressiyasi (yemirilishi) keng tarqalgan. Alohida muhofaza qilinishi zarur bo‘lgan landshaft ko‘p.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bobotog‘ manzaralari