“Aifu Group” kompaniyasiga qarashli Tabiiy va ijtimoiy Fanlar Universitetida Xitoy-O‘zbekiston Ta’lim ittifoqi va Tadbirkorlar forumining ochilishi bo‘ldi. Forum Xitoy-O‘zbekiston Ta’lim ittifoqi, O‘zbekistondagi “Aifu Group” kompaniyasi va Xitoyning O‘zbekistondagi ta’lim muassasasi “Yilu” madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim va biznesni uyg‘unlashtirishdir. Ta’lim bilan madaniyat uyg‘unligini rivojlantirishni maqsad qilgan “Aifu Group” va “Yilu” hamkorligining asl mohiyati jamiyatga kerakli kadrlarni tayyorlash, shuningdek, talabalar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, yoshlarning talabalik davridayoq kasbiy bilim olishga ham imkoniyat yaratadi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Yilu” madaniyat markazi tarjimon, ma’muriy boshqaruv kadrlar, bloger va IT mutaxassislarini tayyorlash bilan birga talabalarni ish bilan ham ta’minlaydi. Eng asosiysi, talabalarni Xitoy Xalq Respublikasida stajirovka o‘tash imkoniyatini ham yaratib beradi. Shu bilan birga avtomobil sanoati, oziq-ovqat, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi kabi bir nechta yo‘nalishlarda maxsus ta’lim zonalari hamda laboratoriyalarni taqdim etadi. 

“Aifu Group” Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Turkiya va Germaniyaning mashhur universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatganligi bois talabalarga ushbu mamlakatlarda ham o‘qish imoniyatlarini yaratib beradi. 

– O‘zbekiston rivojlanib borayotgan bozor, odamlari esa mehmondo‘st, mehnatkash va ishbilarmon. Biz bunday bozorga katta umid bog‘laymiz, – deydi xitoylik tadbirkor. Yirik sanoat parkini va savdo platformasini boshqarib keladigan Dashun guruh rahbari O‘zbekistonga sarmoya kiritishdan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyotni integratsiyalash ekanligini ta’kidladi. 

Xitoylik tadbirkorlar ishlab chiqarish, xalqaro savdo va ta’minot zanjiri xizmatlarini birlashtirgan kompleks sanoat bazasini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, O‘zbekistonning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta’minlaydi. 

– Shuni ma’lum qilmoqchimanki, O‘zbekiston bozorini rivojlantirishga xizmat qiladigan Xitoyning eng ilg‘or kompaniyalarini olib kelishda izlanishlar olib borishimiz kerak, – deydi Xitoyning sifatli brendlarini xorijga chiqarish bilan shug‘ullanadigan “Saiwei” savdo xizmati vakili. 

– O‘zbekistonda 300 dan ortiq kompaniyasiga ega Xenan savdo uyushmasi Ta’lim ittifoqi bilan hamkorlik o‘rnatishni maqsad qilgan. Xitoyga yuborilgan talabalarni birinchi o‘rinda ishga joylashtirishni reja qilganmiz, – deydi Xenan savdo uyushmasi vakili. 

Shu kabi forumlarda talabalar biznes qoidalari va tadbirkorlik tushunchalarini bevosita kuzatishlari orqali tajribalarini ham oshirishlari mumkin. Xalqaro tadbirkorlar forumining tashkilotchilari Yevropa, Amerika, Xitoy va boshqa mintaqalardan eng yaxshi tadbirkorlarni bir joyga to‘plash orqali O‘zbekistonga sarmoya kiritish va hamkorlik istiqbollarini belgilab olish imkoniyatlarini yaratishni maqsad qilgan. 

Ilk bor tashkil etilgan forum Ta’lim ittifoqi ikki mamlakat ta’limi va savdo integratsiyasi bo‘yicha yangi bosqichga kirganini hamda iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqoriligi va bu hamkorlikdan kutilgan natijalar ulkan bo‘lishini maqsad qilgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sohasida yangi bosqichga qadam tashlandi