Joriy yilning 1-31 may kunlari Toshkentda “Engelberg Opera Festival” shahar festivali bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida mazkur festival konsepsiyasi, tadbirlar dasturi va loyiha asosidagi ijodiy g‘oyalar ahamiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri yetakchi solistlari va orkestr artistlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Qayd etilganidek, opera nafaqat musiqiy ijro, balki dramaturgiya, sahna bezagi, liboslar dizayni kabi ko‘p qirrali san’at turlarini birlashtiradi. U inson tuyg‘ulari, ruhiy holatlar va tarixiy voqealarni chuqur his ettirish  xususiyati bilan ajralib turadi. Shu jihatdan, opera har qanday jamiyatning estetik tafakkurini boyitishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda bu san’atning jozibasi, avvalo, uning milliy va jahon opera merosini birlashtirgani bilan katta maktabdir. 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, keyingi yillarda mamlakatimizda opera san’atini rivojlantirish va uni keng ommaga targ‘ib qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bir oy davomida o‘tkaziladigan ushbu festival ham bunga yorqin misoldir. Odatda faqat teatr zallarida taqdim etiladigan opera san’ati endi keng ommaga, jamoat joylarida ijro etilishi bilan e’tiborni tortadi. Bu esa klassik san’atni yanada ommalashtirishga, turli yoshdagi va ijtimoiy qatlamdagi insonlarni opera bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Mazkur teatr orkestri rahbari Aziz Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, “Engelberg Opera Festival” tadbirlari  ochiq havoda va kutilmagan joylarda tashkil etilishi bilan ahamiyatli. U mahalliy va xorijiy turistlar uchun ham Toshkentni yanada jozibali madaniy markaz sifatida namoyon qiladi. 

– O‘zbekistonda opera san’ati yuksak an’analarga ega va milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bu sohaning flagmani sifatida nafaqat mamlakatimizda, balki jahon sahnasining nufuzli maydonlarida ham o‘z o‘rnini egallangan. Bu teatrda yuksak malakali, iqtidorli solistlar, dirijyorlar va orkestr a’zolari faoliyat yuritadi. Ularning ijrosidagi klassik va zamonaviy operalar milliy g‘urur manbaidir. Festival haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bundan ikki yil avval Toshkent shahrida opera festivali o‘tkazilgan va uni xalqimiz katta quvonch va iliqlik bilan kutib olgan edi. O‘ylaymanki, bu galgi tadbir dasturini ham muxlislar ko‘tarinki ruhda kutib oladi. Negaki, poytaxt aholisi va mehmonlari yirik madaniy voqeaga guvoh bo‘ladi. Bog‘lar, maydonlar va jamoat joylarida konsert va 30 dan ortiq opera fleshmoblar tashkil etiladi, – dedi A. Rajabov. 

Matbuot anjumanida mazkur sohaning yanada rivojlanishi uchun turli ijodiy loyihalar, xalqaro festivallar, ochiq sahnalardagi ijrolar, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturlar ham muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. 

– Ayniqsa, “Engelberg Opera Festival” kabi loyihalar operani el orasiga olib chiqib, uning jozibasini keng ommaga tarannum qiladi. Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu. Bir oylik dasturlar tematikasi rang-barang va ular bir-birini takrorlamaydi. Yana bir jihati, unda tomoshabinlar qiziqishi inobatga olinadi. Kimdir klassik operani yaxshi ko‘rsa, yana kimdir jahon san’ati namunalaridan bahramand bo‘lishni istaydi. Biz ana shu istaklar asosida xalqimizga xizmat qilamiz. Solistlarimiz barcha opera asarlarini jonli ijro qiladi, – dedi teatr solisti Umid Isroilov. 

Matbuot anjumani yakunida mutaxassislar jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir oylik tuhfa: “Engelberg Opera Festival” tadbirlari ochiq havoda namoyish etiladi