Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga tashrifi davomida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, istiqbolli yo‘nalishlarda sarmoyaviy loyihalar amalga oshirish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, “Tyanfen” qishloq xo‘jaligi ilmiy-texnikaviy kompaniyasi bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi laboratoriya markazi ochishga kelishilib, tegishli bitim imzolandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Savdo va rivojlanish bo‘yicha komissiyasi (UNCTAD) eksperti hamda “Space Techtronic Industries Services (Shenzhen) Co., Ltd.” vakillari bilan Xitoydan O‘zbekistonga ilg‘or texnologiyalar olib kirish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari “Xinjiang Beixin Road & Bridge Group Co.Ltd.” kompaniyasi bilan akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Tyanszin qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda agrar ilmiy tadqiqot markazi tashkil etish, “Yangi O‘zbek-Xitoy landshaft dizayni” konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha muzokara olib borildi. Chanan universiteti bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va talabalar almashinuvi dasturlari doirasida to‘rtta bakalavriat yo‘nalishning har biri bo‘yicha 30 nafargacha talaba qabul qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek,Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Sian neft universiteti o‘rtasida qo‘shma ilmiy laboratoriya tashkil etiladi.

Pekin texnologiya instituti tomonidan Toshkent shahrida xorijiy filial ochish masalasi ham muhokama qilindi. Yangi kampus tarkibida besh asosiy fakultet – kompyuter fanlari, mashinasozlik va avtomobilsozlik, “yashil” energetika, yirik hajmli ma’lumotlar, sun’iy intellekt va kiber xavfsizlik yo‘nalishlari faoliyat yuritishi ko‘zda tutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, oliy ta’lim tizimlari sherikligi ko‘lamini yanada kengaytirishga qaratilgan ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, fan, texnologiya, ta’lim sohalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

M.Sayfullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy ilmiy-texnologik hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuvlar imzoladi