Senatning oltinchi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.

Mazkur qonun bo‘yicha senator Rustam Kalonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:   

– Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Natijada  insoniyatning og‘iri yengil, uzog‘ini yaqin qiladigani imkoniyatlar ko‘paydi. Biroq ayrim yangiliklar inson uchun “xizmat qiladi” niqobi ostida yaratilib, bundan ko‘zlangan asl maqsad – daromad topishga yo‘naltirilgan. 

Xususan, tamaki chekishning oldini olish va chekishni tashlashda inson salomatligi uchun zararsiz ekanligi aytilgan elektron sigaretalarni keng targ‘ib qilish orqali bugun insoniyat ushbu mahsulotlarga qaram bo‘lib bormoqda. 

Vaholanki, elektron sigaretalar tarkibidagi moddalar zarari oddiy sigaretalardan ham bir necha marta kuchli bo‘lib, inson salomatligini tiklab bo‘lmaydigan darajaga keltirib qo‘yishini ilmiy o‘rganishlar ko‘rsatmoqda. 

Dastlab elektron sigaretalar katta yoshlilar orasida foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu mahsulotdan, ming afsuski, yoshlar, xotin-qizlar, achinarlisi, bolalar foydalanmoqda. 

Elektron sigaretalar iste’molida bolalar ulushining ortib borishida bir qator omillar mavjud: birinchidan, ushbu mahsulotning ta’mi va hidi nafaqat bolalarni, balki katta yoshdagilarni ham o‘ziga rom etishi; ikkinchidan, ishlab chiqarilayotgan elektron sigaretalar shaklining ixchamligi, undan har qanday joyda, hattoki uyda va dars mashg‘ulotlari xonasida ham foydalanish mumkinligi; uchinchidan, ushbu mahsulotlar kundalik hayotda ishlatiladigan turli xil xushbo‘y mahsulotlar hidiga o‘xshashligi tufayli elektron sigareta chekilganligini bilish mushkulligi. 

Oqibatda esa, ushbu mahsulotdan bolalarning foydalanayotganidan ota-onalar va o‘qituvchilar bexabar qolmoqda. 

Eng achinarli jihatlaridan yana biri shundaki, bolalarning elektron sigaretalardan har qanday sharoitda ham foydalana  olishi ularning ushbu mahsulotlarga nisbatan juda tez fursatda qaram bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmoqda. 

Shu sababdan fuqarolarimiz salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi bunday mahsulotlarni cheklash va bu turdagi huquqbuzarliklar uchun qat’iy jazo choralarini belgilash bugun oldimizda turgan insoniy burchimiz, deb hisoblayman. 

Senatorlar ma’qullagan qonun orqali elektron sigaretalardan foydalanish cheklanayotgani aholi salomatligi, kelajak avlod xavfsizligiga, atrof-muhitni himoya qilishga xizmat qiladi.  

Qonun kuchga kirganidan keyin uning ijrosi bo‘yicha barchamiz, butun jamiyat birgalikda harakat qilishimiz kerak.   

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator: elektron sigaretalar zarari inson salomatligini tiklab bo‘lmaydigan darajaga keltirib qo‘yishi mumkin