Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “O‘rta” MFYga qarashli Husin qishlog‘i tog‘li hududda joylashgan, ajoyib tabiatli, so‘lim maskanlardan biri sanaladi. Qishloq odamlari asosan chorvachilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirish orqali tirikchilik qiladi.

Bahor fasli keldi deguncha aholini xavotir bosa boshlaydi. Chunki qishloqdan tuman markaziga olib boruvchi eng yaqin va asosiy yo‘l “Turna” daryosini bog‘lab turuvchi ko‘prik orqali o‘tgan. Ushbu daryodan sel suvlari ko‘p oqqani uchun uni odamlar “Turna tentak” daryosi ham deb atashadi. O‘tgan asrda barpo etilgan ushbu ko‘prik esa sel suvlariga qarshilik ko‘rsataverib, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan va bugun omonat holatda. Ayniqsa, o‘tgan yilgi yog‘ingarchiliklarga boy bahor faslida ko‘p miqdorda oqib kelgan sel suvlari ko‘prikni yengib, belini “bukchaytirib”, yonboshga og‘dirib qo‘ydi. Natijada ko‘prik texnika u yoqda tursin, piyodaga ham undan o‘tish xavfli bo‘lib qoldi.  

Aholining tinimsiz murojaatlaridan so‘ng tuman hokimligi tomonidan muammoga e’tibor qaratilib, ko‘prik yonidan daryoga ikkita katta quvur tashlab, vaqtinchalik yo‘l qilib berildi. Ko‘prikni ta’miri esa katta mablag‘ talab qilgani sabab dasturga kiritilishiga va’da berildi.  

Ammo oradan bir yil o‘tib ham ko‘prik muammosi yechilmadi, deydi qishloq odamlari biz bilan suhbatda. 

– Qishloqqa tog‘ yaqin. Do‘l va qattiq yomg‘ir yoqqan paytda bu daryodan keladigan suvning hisob- kitobi bo‘lmaydi, – deydi shu qishloqlik  Salim bobo Islomov. – Mana shu ko‘prikning ostiga tegib oqqan paytlari ham bo‘lgan. Mas’ullardan ko‘prikni mustahkam qilib qurib berishlarini so‘rab qolamiz.

Bir tomonga og‘ib qolgan ko‘prik ustunlari allaqachon mo‘rtlashgan. Qirg‘oq ham yemirilmoqda. Omonat ko‘prikda esa harakat davom etyapti. 300 dan ziyod xo‘jalik, 1,5 ming nafardan ortiq aholining ko‘prik borasidagi xavotirlari kun sayin oshmoqda.  

– Ko‘prigimiz juda xavfli bo‘lib qolgan, – deydi Oychuchuk xola Shukurova. – Yog‘ingarchilik paytlaridan tashqari ham shu yerga kelganda mashinadan tushib yurak hovuchlab piyoda o‘tamiz. Yaxshi yomon kunimiz, bemorchiligimiz bor, bitta asosiy yo‘l shu. Juda qiynalyapmiz, rosti.  

Asosan yog‘ingarchilik vaqtlarida daryo suvi ko‘tarilib, qirg‘oqdan oshadi, deydi odamlar. Shunday paytlarda kimdir kelib ko‘prikni nazorat qilib turadi. Mashina va piyodalarning xavfsiz harakatlanishini kuzatib turishga majbur bo‘lamiz, deydi ular qo‘shimcha qilib. Ko‘prik pastidan vaqtinchalik katta quvur tashlab qilingan tosh yo‘l ham sel suvlari natijasida yuvilib ketgan va texnika tugul piyoda o‘tish uchun ham xavfli bo‘lib qolgan.

Manzilda bo‘lgan mahalla mas’ullari ham muammoni inkor qilmagan holda bu haqda tuman hokimligi xabardor qilinganini va yangi ko‘prik qurilishi bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlangani xususida ma’lum qildi.

– Uch yildan buyon mana shu Husin qishlog‘imizning ko‘prigi avariya holatida bo‘lib turibdi, – deydi “O‘rta” MFY raisi Akmal Ismatov. – Bahor mavsumida juda katta sellar keladi. O‘tgan yili tuman hokimligi pastdan vaqtinchalik ko‘prik qilib berishdi. Yuqoridan suv kelishi natijasida uni ham yuvib ketadi. Texnikalarning o‘tishi xavfli bo‘lib qolgan. Ushbu ko‘prikni ta’mirlab berish bo‘yicha tuman hokimimiz ham katta va’da bergan. Dasturga kiritilayotganini aytgan. Hozircha suv oz. Hademay tog‘dagi qorlar erishi natijasida suv sathi ko‘tariladi. Bu bo‘yicha tuman hokimligini ogohlantirganmiz. Nasib bo‘lsa, suv pasaygandan keyin ko‘prik ta’miri boshlanishi aytilgan.  

Biz tuman hokimligi mas’ullari bilan ham uchrashib bu ma’lumotlarning qanchalar haqiqat ekaniga qiziqdik.  

– Tuman bo‘yicha 9 ta ta’mirga muhtoj ko‘prikning ro‘yxati shakllantirilgan va ularni dasturga kiritish bo‘yicha manzilli dastur qilib, yuqori turuvchi tashkilotlarga tashlab berilgan, – deydi Yakkabog‘ tumani hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Beknayev. – Nasib bo‘lsa, dastur respublikadan tasdiqlangandan so‘ng bosqichma-bosqich respublika byudjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan. Ular orasida O‘rta mahallasi bilan Husin qishlog‘ini bog‘lab turuvchi ko‘prik ham bor.  

Yakkabog‘ tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Safar Suyunovning ta’kidlashicha, Husin qishlog‘iga o‘tuvchi vaqtinchalik qilingan daryo ichidagi yo‘lning suv o‘tishi natijasida buzilib qolgan qismi ham o‘rganilgani va tez fursatlarda mazkur muammo ham bartaraf etilishini ta’kidladi.  

[gallery-23110]

Mutasaddilarning izohlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, nasib etsa, ko‘prik borasida muammo qolmaydi. Faqat ozgina kutish kerak. Ko‘prik qurish ishlari katta mablag‘ talab etgani bois, mahalliy byudjet hisobidan bajarishning imkoni yo‘q ekan. Xullas, husinliklar singari biz ham mas’ullarning va’dalariga umid bog‘lagan holda ortga qaytdik.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yakkabog‘dagi omonat ko‘prik qachon ta’mirlanadi?