Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan joriy yilning birinchi choragida 2,03 trillion co‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar undirish haqida 299 ming 384 sud buyrug‘i chiqarildi.

Bular – voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalarni tashkil etgan.   

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, 142 ming 185 fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 115 ming 148 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan. 

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 9 mingdan ortig‘i bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan).   

Ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan 717 ishning 316 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan. 

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 3 mingga yaqin ish ko‘rib chiqilgan. 

Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 560 qaror bekor qilinib, 194 sud qarori o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 2 mingdan ortiq ish ko‘rilib, birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 395 qaror bekor qilindi va 166 sud qarori o‘zgartirildi.   

Taftish tartibida 1 ming 326 ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 132 qaror bekor qilinib, 27 sud qarori o‘zgartirildi.   

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 78 ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 39 qaror bekor qilinib, 11 sud qarori o‘zgartirilgan. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: 2,03 trillion co‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar undirish haqida sud buyruqlari chiqarildi