O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov madaniy muloqotni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi  do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va xalq og‘zaki ijodini ommalashtirishda IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali, “II Turkiy dunyo madaniyati forumi” hamda “Yangi O‘zbekistonda baxshichilik san’ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ulkan ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Madaniyat vaziri o‘zbek ziyolilari, oliy o‘quv yurtlar rektorlari, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Iordaniya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Germaniya kabi 40 dan ziyod davlatlardan tashrif buyurgan fan-ta’lim, madaniyat, san’at va adabiyot kabi sohalardagi taniqli olim va mutaxassislarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Fursatdan foydalanib, Ozodbek Nazarbekov barcha mehmonlarni dunyo sivilizatsiyasi beshigi, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy singari buyuk mutafakkir va olimlar Vatani, tinchlik, do‘stlik va ma’rifat yurti bo‘lgan go‘zal diyorimizga kelgani bilan qutladi. 

IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali va boshqa muhim  tadbirlarning YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan shahar — ko‘hna va betakror Xivada o‘tkazilishi bejiz emas. Ushbu ma’naviyat markazining 2020 yilda “Turkiy dunyoning madaniy poytaxti”, 2024 yilda esa “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilinishi uning beqiyos madaniy va tarixiy ahamiyatidan dalolat beradi. Xiva nafaqat jahon darajasidagi  me’moriy yodgorliklari, balki asrlar davomida  ilm-fan, san’at va adabiyot rivojida muhim o‘rin tutgani bilan ham mashhurdir. 

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda qardosh mamlakatlarda  o‘tkazilayotgan yirik xalqaro tadbirlar hamda ularda ilgari surilayotgan tashabbus va takliflar ma’naviy birdamligimizni mustahkamlash, umumiy qadriyatlarimizni saqlash va xalqlarimizni yanada birlashtirishga xizmat qilmoqda. Xususan, Ozarbayjon durdonasi va turkiy olamning madaniy poytaxtlaridan biri — Shusha shahrida  bo‘lib o‘tgan “I Turkiy dunyo madaniyati forumi” do‘stona munosabatlarni  yanada mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega.  

O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan  tadbir va loyihalarda  faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizda madaniyat va san’at kunlari, yoshlar va teatr festivallari, ijodiy forumlar muntazam o‘tkaziladi. Yurtimiz olimlari va madaniyat arboblari turkiy tillar va adabiyot rivojiga bag‘ishlangan xalqaro  anjumanlarda faol qatnashmoqda.

100 jildli “Turkiy adabiyot durdonalari” kitobining o‘zbek tilida nashr etilgani ushbu hamkorlikning yorqin natijasi bo‘ldi. Ushbu majmuadan O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriyadagi 450 dan ortiq klassik va hozirgi zamon ijodkorlarining asarlari joy olgan. Uning “Umumturkiy adabiyot namunalari” deb nomlanuvchi dastlabki 5 jildini qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy va Nosiriddin Rabg‘uziy asarlari tashkil etgan bo‘lsa, «O‘zbek adabiyoti namunalari» deb nomlangan jildlarga Alisher Navoiydan boshlab to bugungi kunga qadar qalam tebratib kelgan o‘zbek adabiyoti namoyandalarining durdona asarlari kiritlgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu noyob  to‘plamni Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar va kuzatuvchi davlatlarning ona tilida nashr etish tashabbusini ilgari surgan edi. Bu muhim tashabbus qardosh xalqlar, ayniqsa yoshlar ma’naviy birdamligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lishi da’vat etilgan.

Madaniyat vaziri ushbu muhim loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda olim va tarjimonlar munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. 

Bundan tashqari,  davlatimiz rahbari tashabbusi bilan turkiy dunyoda siyosat, ilm-fan, tibbiyot, adabiyot va san’atda ulkan yutuqlarga erishgan taniqli shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ham ta’sis etilgan. 

Bishkekda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Prezidentimiz madaniy aloqalarni mustahkamlash, yoshlarni umumiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkilotga a’zo mamlakatlar ona tilida turkiy xalqlar  folklorining ko‘p jildli to‘plamini  nashr etishni taklif etgan edi. 

Bugungi kunda  “Turkiy xalqlar tarixi” kabi  qo‘shma fundamental  tadqiqotlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turkiy tillardan tarjima qilishni rag‘batlantirish,  maktablarda turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, etnografiyasi va san’atiga bag‘ishlangan darslarni  joriy qilish muhimligi qayd etildi. 

O‘zbekistonning Turkiy madaniyat va meros fondining to‘laqonli a’zosi bo‘lish istagi ham muhim tashabbuslardan biridir. Bu borada ishlar jadal olib borilmoqda va bu turkiy xalqlarning moddiy va nomoddiy madaniy merosini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ommalashtirishda  yangi ufqlarni  ochishi shubhasiz. Ayniqsa, yoshlar orasida ma’naviyat va madaniyatga  tahdidlar kuchaygan bugungi globallashuv sharoitida asl san’at va xalq ijodiyotini asrab-avaylash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chuqur  badiiy ijod borgan sari o‘z o‘rnini ommaviy madaniyatga bo‘shatib bermoqda. Shu bois, klassik san’at va xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini asrash va  ularni asl holida kelajak avlodlarga yetkazish nihoyatda muhim vazifaga aylandi. 

O‘zbekistonda xalq og‘zaki an’analarining noyob fenomeni bo‘lgan  baxshichilik san’atini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar  amalga oshirilmoqda. Termiz va Nukus shaharlarida maxsus baxshichilik maktablari faoliyat yuritadi. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida bu sohada yuqori  malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 

Milliy musiqa va folklor an’analarini saqlash maqsadida “Oltin fond” tashkil etildi va unga eng yaxshi baxshilar ijrosidagi 10 ta doston va qo‘shiqlar kiritildi. Qolaversa, Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va xalq san’atini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan  doimiy  an’anaga aylandi. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozodbek Nazarbekov: “Baxshichilik turkiy dunyo ma’naviy birdamligini mustahkamlamoqda”