Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi lavozimiga Xudoybergenov Ilxomboy Tilavbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Sessiyada Xudoybergenov Ilxomboy Tilavbayevich To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Ta’kidlash joizki, I.Xudoybergenov mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.