Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun yuzasidan ma’ruza qilgan senator Malika Qodirxonova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik belgilanayotganini qayd etdi. 

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaganlik, homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik ham belgilanmoqda. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganligi uchun javobgarligi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlariga davlat organlari tomonidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmalari berilishining yangi mexanizmlari belgilanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlaridagi NNTlarning majburiyatlari, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari qayta ko‘rilib, qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji miqdori, shuningdek, homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibi aniqlashtirilmoqda.

“Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi qonunga jamoat fondi muassisligiga bo‘lgan talablar kuchaytirilishini, jamoat fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shartlari va tartibi aniqlashtirilishini, jamoat fondining mol-mulkidan foydalanish yanada erkinlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bir kalendar yilida bank hisob varaqlarida pul aylanmasi mavjud bo‘lmagan jamoat fondi uchun ushbu kalendar yilida o‘z faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

“Homiylik to‘g‘risida”gi qonunga xayriya qutilaridan foydalanish tartibini belgilovchi, olingan homiylik xayriyalarini hisobga olish va ular to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish hamda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini takomillashtiruvchi normalar kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga, ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

                                               N.Abduraimova,

                                      A.Mamadaminov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NNT faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda