Mamlakatimizda yer va suv resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda bo‘sh turgan yerlarni hisobga olish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mexanizmlarini takomillashtirish, huquq egalarining yer uchastkalarini olganlik uchun haq to‘lashni amalga oshirish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish zarurati tug‘ilmoqda.

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi paytida yuqoridagi fikrlar bildirildi. 

Shuningdek, yer osti suvlarini yerlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun olish keskin o‘sgani, shuningdek quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash va suvlardan nazoratsiz, hisobga olmasdan foydalanish hollari davom etayotgani sababli yer osti suv resurslarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirish ham zarur.

– Qonun bilan Yer kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, – dedi senator Sayyora Abdukarimova. – Bu davlat mulkidagi bo‘sh turgan yerlarning hisobga olinishini tashkil etish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan ob’ektlarni joylashtirish, yer uchastkalarini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilishni nazarda tutadi. 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning turlariga aniqlik kiritilmoqda. Sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash zarur bo‘lgan hollar kengaytirilmoqda.

Soliq kodeksiga yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq to‘lovini belgilangan soliq stavkasining besh baravari miqdorida undirish nazarda tutilmoqda.

 “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonunga ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestrida ob’ektni ma’muriy-hududiy belgilashning tizimli kodi to‘g‘risidagi axborot aks ettirilishiga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, ma’muriy-hududiy birliklar davlat reyestrining axborot tizimini takomillashtirishga, shuningdek yer osti suvlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.

Norgul Abduraimova,

Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: yer osti suvlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldi olinadi