Senatning oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Senatorlar yalpi majlisning ikkinchi ish kunini “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni muhokama qilish bilan boshladi.   

Mazkur masala yuzasidan ma’ruza qilgan Senat a’zosi A.Ko‘chimov  aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘paydi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi. 

Fuqarolarga to‘lanadigan to‘rt turdagi ijtimoiy to‘lovlarni ularning murojaatisiz proaktiv shaklda, ikki turdagi ijtimoiy to‘lovlarni kompozit shaklda hamda yana to‘rt turdagi ijtimoiy to‘lovlarni qo‘shimcha hujjatlar talab etmagan holda, birgina pasport asosida tayinlash amaliyoti joriy etildi. 

Shu bilan birga, aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish, ortiqcha ovoragarchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida pensiya tizimini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelgan.   

Shu maqsadda ishlab chiqilgan qonun bilan aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.   

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga pensiya olish yoshiga to‘lgan fuqarolar (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh)ga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilashga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi. 

Bundan tashqari, pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to‘g‘risida sms xabar yuboriladi. 

Qonunda, shuningdek, fuqaro pensiya yoshiga yetib, ammo mehnat faoliyatini davom ettirib, keyinroq yoshga doir pensiya olish istagi bo‘lganida proaktiv shaklda tayinlangan yoshga doir pensiyani rad qilish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda. 

Qonunga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga barcha nafaqalarni tayinlash va to‘lash Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatiga o‘tkazilgani munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida” va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.   

Senatorlar ma’qullagan qonun fuqarolarga pensiya ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.  

Norgul Abduraimova,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensiya bilan bog‘liq qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?