Revmatologiya va immunologiya – inson salomatligida muhim o‘rin tutadigan tibbiyotning bir yo‘nalishi bo‘lib, immun tizimi va unga bog‘liq kasalliklarni o‘rganishga ixtisoslashgan. Revmatologiya asosan suyak, bo‘g‘im, mushak to‘qimalaridagi yallig‘lanishli va autoimmun kasalliklarni o‘rganadi.

Immunologiya esa insonning immun tizimi qanday ishlashini, uning tashqi omillarga qanday javob qaytarishini va autoimmun reaksiyalar natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni o‘rganib, allergiyalar, immun yetishmovchiligi va turli autoimmun kasalliklarni qamrab oladi. Ushbu sohalarning uzviy bog‘liqligi sababli, ko‘plab kasalliklarda kompleks yondashuv talab etiladi. Revmatolog va immunolog mutaxassislar birgalikda ishlab, bemorlarga to‘g‘ri tashxis va samarali davolash yo‘llarini taklif etadi.   

Bugungi kunda revmatologiya va immunologiya sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar, yangi davolash usullari va diagnostikadagi yutuqlar butun dunyo tibbiyotining diqqat markazida turibdi.   

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida taniqli olim, immunolog, akademik Rahim  Haitov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan  “Revmatologiya va immunologiyaning dolzarb masalalari. Real klinik amaliyotdagi zamonaviy yutuqlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ham mutaxassislar, shifokorlar, farmatsevtlar va olimlar uchun qizg‘in muloqot maydoniga aylandi.   

Konferensiyada revmatik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashdagi zamonaviy yutuqlar, immunologiya va immunoterapiyada innovatsion yondashuvlar, immuno-yallig‘lanish kasalliklari terapiyasida farmakogenetik jihatlar va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar,  innovatsion dori vositalarini real klinik amaliyotga tatbiq qilishning istiqbollari va muammolari muhokama qilindi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yzw4jnhFHKA" title="Revmatologiya va immunologiyaning dolzarb masalalari:real klinik amaliyotdagi zamonaviy yutuqlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

– Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad yosh mutaxassislarni sohada bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirish, fikr, tajriba almashishdan iboratdir, – dedi Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri, dotsent Hilola Mirahmedova. – Revmatologik kasalliklar 200 dan ortiq. Ularning negizida immunologik buzilishlar yotadi. Shu sababli anjumanda asosan, tizimli kasalliklar, autoimmun kasalliklarni davolashdagi yangi texnologiyalar, yangi diagnostika masalalari ko‘rib chiqildi. Ma’ruzalarda ilgari surilgan fikrlar, yangi ma’lumotlar, bilimlar soha xodimlarining kelgusi ishlarida qo‘l keladi.   

Konferensiyada revmatologiya va immunologiya sohasidagi eng yangi ilmiy yutuqlar muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashildi. Mavzuga oid dolzarb muammolar ko‘rib chiqildi, yangi dori vositalarini yaratish va ularni klinik amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniqlab olindi.   

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Revmatologiya va immunologiyaning dolzarb masalalari: real klinik amaliyotdagi zamonaviy yutuqlar (+video)